O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 31-avgust kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Yoshinori Fujiyamani qabul qildi. TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirgan.
Qayd etishlaricha, uchrashuvda Yaponiyaga bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tashriflarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
“Rejalashtirilgan uchrashuvlar O‘zbekiston—Yaponiya muloqotini faollashtirishga xizmat qilishiga va ikki tomonlama munosabatlarning butun kompleksiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)