• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yuksalish” umummilliy harakati: Ba’zi davlat idoralari hanuzgacha OAV va blogerlar bilan muloqotga tayyor emas

    “Yuksalish” umummilliy harakati jamiyatdagi axborot ochiqligini ta’minlash, milliy axborot makonining jadal rivojlanishi jarayonlarini yoqlaydi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Quyida umummilliy harakat matbuot xizmati tomonidan shu masalaga oid taqdim etilgan maqola to‘lig‘icha keltirilgan.

    Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati

    Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati

    Mamlakatda jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda xorijda O‘zbekistonning ijobiy imijini yanada oshirishda media tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun ular hukumat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqot, dolzarb va rezonansli masalalarni muhokama qilish maydoniga aylanmoqda.

    Jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari, shu jumladan, ularning ochiq sud majlislarida qatnashish, davlat idoralaridan ma’lumot olish jarayonlarida turli qiyinchiliklarga uchrayotganliklari kuzatilmoqda. OAV vakillari faoliyati uchun huquqiy kafolatlar mavjud bo‘lishiga qaramay, ba’zi davlat idoralari hanuzgacha OAV va blogerlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotga tayyor emas.

    Ko‘p jihatdan, blogerlarning faol fuqarolik pozitsiyalari, alohida veb-nashrlar, ijtimoiy tarmoqlarning minglab foydalanuvchilari samarasi o‘laroq bir qator rezonansli vaziyatlarni, xususan, kunning yorug‘ paytida ham avtomobilning yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib yurish, “tonirovka”ni cheklash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabulning yangi tartibini joriy qilish, uy-joy va ko‘chmas mulklarning noqonuniy buzilishi kabi masalalar yuzasidan maqbul qarorlar qabul qilishga erishildi. Natijada fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

    Bu kabi misollar shundan dalolat beradiki, fuqarolarning fikrlari va konstruktiv takliflari garchi ular OAV yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilgan bo‘lsa ham, inobatga olinmoqda va shu bilan aholining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki ta’minlanmoqda.

    Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud. Tarmoqda o‘z fikrlarini ochiq bildirishga, yangi tashabbuslar va g‘oyalarni taklif etishga tayyor bo‘lgan fuqarolar bilan bir qatorda maydonga “troll” deb ataluvchi akkauntlar tobora faolroq chiqmoqda. Ular soxta ismlar ortida yashirinib, ikki ma’noli postlar yoki uydirma, yolg‘on axborotlar tarqatib, jamoatchilik ongini buzishga harakat qiladilar. Izohlarda, aksariyat hollarda, etika qoidalariga rioya etmay, odamlar shaxsiyatiga teguvchi so‘zlardan foydalanib, ularni obro‘sizlantirishga yoki adovat qo‘zg‘ashga harakat qiladilar.

    Qizig‘i, soxta akkauntlarga eng ko‘p ko‘rilgan xabarlar ro‘yxatida yuqorilash uchun sezilarli darajada kamroq vaqt talab etiladi. Yolg‘on axborot sababli tarmoq foydalanuvchilari xabarni tezroq boshqalarga ham tarqatishga harakat qiladilar. Bunday holatlar natijasida davlat idoralariga nisbatan ishonchning pasayishiga, turli mish-mishlar, noto‘g‘ri fikrlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

    Media olamida birinchi bo‘lish ustuvorligi mavjud bo‘lib: kim birinchi ma’lumot taqdim etsa, yakunda shu haq bo‘lib chiqadi. Agar feyk axborot ketidan rasmiy raddiya bildirilsa ham, bu vaziyatning ijobiy tomonga o‘zgarishini kafolatlamaydi. Ushbu bahsda ratsional argumentlar hissiy stereotiplarga yutqazadilar.

    Qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishi har qanday jamiyat uchun xavfdir. Bunday xatti-harakatlar, shu jumladan, tuhmat, haqorat uchun fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlik shakllari belgilanadi.

    Ushbu sohada huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan, alohida tartiblar bo‘yicha aniqlik kiritish va unifikatsiyalash, ularning xalqaro huquq normalariga muvofiqligini ta’minlash masalasi hamon ochiqligicha qolmoqda.

    Jumladan, 2019-yilning fevralida Buyuk Britaniyaning xalqaro so‘z va axborot erkinligini qo‘llab-quvvatlovchi ARTICLE 19 tashkiloti “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunlarining huquqiy jihatdan olib borgan tahlil natijalarini e’lon qildi.

    ARTICLE 19 tashkiloti ekspertlarining ta’kidlashicha, axborot olish huquqi nafaqat OAV vakillariga, balki barcha uchun kafolatlangan bo‘lishi kerak. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunda jurnalistlarning ma’lumot olish huquqi himoyasi umuman jamoatchilikning ma’lumot olish huquqi himoyasidan farq qilishi yoki qilmasligi ko‘rsatilmagan. Shunga ko‘ra, jurnalistlar hamda jamoatchilikning axborot olish huquqi subyekti sifatida turlicha imkoniyatga egaligi bo‘yicha farqlanishi asosi mavjud emas.

    Tashkilot fikriga ko‘ra, qonunda fuqarolarning “shaxsiy hayotiga aralashish” aniq belgilanmagan va undan davlat xizmatchilarining daromadlari, mulkka egalik huquqi, xarajatlar va jamiyat manfaatlariga daxldor boshqa masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarini oshkor qilishdan himoya qilish uchun foydalanish mumkin.

    Axborot asrining muammolariga qanday qarshilik ko‘rsatish mumkin? “Yuksalish” umummilliy harakati shaxsiy veb-resurslarni taqiqlash va bloklash orqali muammoni hal qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

    Yangiliklar iste’molchisida tanqidiy fikrlash, tanqidiy yondashuvni shakllantirish, aholini ma’lumotlarni tekshirish mexanizmlariga — fakt-chekingga o‘rgatish lozim. Senzura o‘rnatishdan ko‘ra, fuqarolarning mediasavodxonligi va xabardorligini oshirish maqsadga muvofiq.

    Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, ular tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarni tekshirish imkoniyati muhimdir. Agar aholi hokimiyat organlari ma’lumotlariga ishonmasa, demak rasmiy manbalarning shaffofligi bilan bog‘liq muammolar mavjud. Bunda davlat tuzilmalarining matbuot xizmatlari asosiy rol o‘ynaydi.

    Raqobatbardosh mediabozorni rivojlantirish zarur. Axborot iste’molchisi o‘zi uchun to‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotni o‘zi tanlashi kerak. So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda qator xorijiy ommaviy axborot vositalariga nisbatan bo‘lgan cheklovlar olib tashlandi, bu esa mahalliy bozorda raqobatni yanada kuchayishiga olib keladi. Raqobat muhitida media mahsulotlarning sifati ham oshadi.

    Jamiyatda sifatli tahlil va o‘rinli tanqidga ega bo‘lgan jurnalistikaga bo‘lgan talab ortib boraveradi. O‘z navbatida, ayniqsa, hududlarda kadrlar bilan bog‘liq masalalar kun tartibiga chiqadi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda hududlarda jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha fakultetlarni ochish, mavjud mediajamoalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu, ayniqsa, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi fonida o‘ta dolzarb.

    Shu bilan birga, ta’sischilari davlat idoralari, shu jumladan, mahalliy hokimliklar bo‘lgan bosma OAVlar bilan bog‘liq vaziyat noaniqligicha qolmoqda. Ularning faoliyati va u bilan bog‘liq qonunchilikning qayta ko‘rib chiqilishi muhimdir. Ushbu nashrlar hokimlik va mahalliy Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan hujjatlarning mazmun-mohiyati, islohotlar va hududiy dasturlarning amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish jihatdan muhim vazifalarni bajaradi.

    Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, media sohasi uchun qat’iy chegaralar o‘rnatish kerak emas. O‘zini o‘zi boshqarish modeli bosma va internet OAVlarni tartibga solish uchun eng afzal hisoblanadi. OAV uchun axloqiy me’yorlarni ishlab chiqish va ularga rioya qilish masalasini soha ixtiyorida qoldirish lozim. Misol uchun, bunga har qanday OAV ishtirok etishi mumkin bo‘lgan, davlatdan mustaqil hisoblanuvchi mediakengashlarni tashkil etish orqali erishish mumkin. Ularning vazifasi kasbiy va axloqiy me’yorlarni joriy etish, shuningdek, ushbu standartlarga rioya etilishi bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish hisoblanadi.

    Kasbning auditoriya oldidagi javobgarligini qat’iy anglashga asoslangan Jurnalist etikasi instituti milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan. Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan anjuman doirasida Jurnalistlar professional etikasi kodeksi qabul qilindi. Biroq uning samaradorligi va ijro mexanizmlarining amaliyotga mosligi masalasi ochiq qolmoqda.

    Bundan tashqari, ushbu sohada O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni ham tahlil qilish lozim. Xususan, joriy yilning aprelida “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat tashkiloti (Reporters sans frontières, RSF) tomonidan e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston besh pog‘ona yuqorilab, 160-o‘rinni egallagani ma’lum bo‘ldi. Biroq vaziyat hali hamon “yomon” deb baholanmoqda. Tashkilot hisobotida qayd etilishicha, nazorat, senzura va o‘z-o‘zini cheklash kabi holatlar haligacha mavjud bo‘lib, rasmiylarning OAVlarni sezilarli darajada nazorat qilishi saqlanib qolmoqda.

    Yuqoridagilar O‘zbekistonda fikr erkinligini ta’minlash sohasida bir qator muammolar va kamchiliklar borligidan dalolat beradi. Bu barcha tomonlar ishtirokida batafsil o‘rganish va muhokama qilishni talab etadigan dolzarb masala. “Yuksalish” umummilliy harakati ushbu masalani mamlakat parlamenti darajasida amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Xususan, davlat sektori, mediahamjamiyat, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ekspertlar va keng jamoatchilik ishtirokida mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlash, jurnalistning professional faoliyatini himoya qilish, shuningdek, ushbu sohadagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning bajarilishi yuzasidan parlament eshituvini tashkil etish lozim.

    Taklif etilayotgan parlament eshituvi davomida voyaga yetmaganlar uchun noqonuniy kontent tarqalishiga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilishiga umid bildiramiz. Fiziologik va psixologik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari sababli ular turli xil manipulyatsiyalarga osongina ishonib, internetda buzg‘unchi ma’lumotlar qurboniga aylanishlari mumkin.

    Biz parlament va hukumatdan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa O‘zbekiston qonunlarini samarali qo‘llash amaliyotining aniq dasturini shakllantirishlarini kutib qolamiz.

    30.08.2019, 09:03   Izoh (0)   15353
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nazarboyev, Erdo‘g‘on, Mun Chje In mamlakat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

    30.08.2019, 08:15

    Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldorlar va taniqli biznesmenlarni taqdirladi. Kimga qanday mukofot nasib etdi?

    30.08.2019, 07:36

    Toshkentdagi Riviera majmuasi qurilishi to‘xtatildi. 28-avgust kuni u yerda yuz bergan falokat oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan edi

    30.08.2019, 07:25

    Umar Ismailov Prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi

    30.08.2019, 00:20

    Sherzod Kudbiyev Prezident maslahatchisi etib tayinlandi

    29.08.2019, 23:50

    O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev lavozimini tark etdi

    29.08.2019, 23:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.