Nyu-Yorkning Bronks hududida qurilayotgan uylardan birining qisman qulab tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va yana besh kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
O‘t o‘chiruvchilar qurilish materiallari ostidan biri kishining jasadini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan, u olingan jarohatlari oqibatida halok bo‘lgan. Ikki nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.
NBC telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish havozalari va konstruksiya elementlari bino ichida bo‘lgan ishchilar ustiga qulab tushgan. Ular nima sababdan qulagani hozircha noma’lum. Sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqea yuzasidan mahalliy hukumat surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.
Izoh (0)