Xitoy hukumati Amerika tomonning AQSh kemalarini Xitoyning Sindao port shahriga kirish so‘rovini rad etdi. Bu xaqda “TASS” xabar bermoqda.
O‘z ismini oshkor etishni xohlamagan Pentagondan bo‘lgan mansabdor shaxsning so‘zlariga ko‘ra, Amerika esminetsi yakshanba kuni portga kirishi lozim edi, ammo Pekin oldindan rad javobini bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning harbiy kemalari avval ham bir necha marta Xitoy portlariga kirgan. Oxirgi marta bu 2017-yilda bo‘lgan, 2016-yilda esa AQSh Harbiy-havo kuchlarining Benfold esminetsi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sindao portiga kirgan.
Izoh (0)