AQSh davlat departamenti Yaponiyaga qiymati 3,29 milliard dollar turuvchi 73 ta raketalarga qarshi mudofaa tizimiga oid raketa tutib qoluvchilarni sotishni ma’qulladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Pentagon tarkibidagi Mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, gap SM-3 Block IIA raketa tutib qoluvchilari va ularni ishga tushiruvchi Mk-29 qurilmalari haqida ketmoqda.
“Ushbu savdo oraqali AQSh Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishning asosiy kuchi hisoblangan yirik ittifoqdoshi xavfsizligini ta’minlash yo‘li bilan o‘zining milliy xavfsizligi va tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi xabarda.
Raketalar Yaponiyaning o‘z hududini himoya qilishda foydalanadigan mudofaa tizimini mustahkamlash va u yerga amerikalik harbiylarni joylashtirish maqsadida sotilmoqda.
Izoh (0)