• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Omadsiz “Real”, kutilmagan yetakchi — “Sevilya”, Messi va Suaressiz qolgan “Barselona”ning g‘alabasi. La Ligada tur tafsilotlari

    23—25-avgust kunlari Ispaniya chempionatida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” qiziqarli kurashlarga boy bo‘lgan tur tafsilotlari bilan o‘rtoqlashadi.

    “Granada” — “Sevilya”

    Foto: Twitter/@SevillaFC

    Foto: Twitter/@SevillaFC

    Juma oqshomida “Sevilya” klubi Granadaga safar qildi. Unda Xoan Xordanning yagona goli andalusiyaliklarga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, ketma-ket ikki turda g‘alabani tantana qilgan Xulen Lopetegi shogirdlari turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

    Biroq ushbu uchrashuvda “Sevilya” “Real”dan ijaraga olgan Serxio Regilonni yo‘qotdi. 1-tur qahramoniga aylangan himoyachi jarohat sabab safdan chiqdi.

    “Real” — “Valyadolid”

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Birinchi turda ajoyib g‘alabaga erishgan “Real” o‘z maydonida “Valyadolid”ni qabul qildi. Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo‘lgan madridliklar o‘yinni o‘z foydasiga hal qila olmadi.

    Bahsning so‘nggi daqiqalari dramatik ruhda kechdi. 82-daqiqada Karim Benzema “Santyago Bernabeu” uzoq kutgan golni urdi, biroq “qaymoqranglilar”ning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 88-daqiqada Serxio Gvardiola mehmonlarga bir ochko keltirgan golga muallif bo‘ldi.

    “Real” tarkibdagi yo‘qotishlar o‘z so‘zini aytmay qolmadi. Asosiy yetakchilardan biriga aylanishi kutilayotgan Eden Azarning yo‘qligi va 60 million yevroga xarid qilingan Luka Yovichning hali jamoaga kirishib keta olmagani sababli ham hujumda rang-baranglik ko‘rinmadi. “Valyadolid” esa ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham xarakter ko‘rsatgan holda sensetsion natija qayd etdi.

    “Leganes” — “Atletiko”

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Foto: Twitter/@LaLiga

    “Atletiko” mazkur turda “Leganes” maydonida mehmon bo‘ldi va o‘z uslubida muvaffaqiyat qozondi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuv taqdirini Vitoloning yagona goli hal qildi. U zaxiradan maydonga tushganiga 1 daqiqa o‘tmasidan Joau Feliksning uzatmasini golga aylantira oldi.

    Mavsumlar ralig‘ida sermahsullik namoyish qilgan Diyego Simeone shogirdlari rasmiy bahslarda buni amalga oshira olmayapti. Dastlabki turda ham “matraschilar” minimal hisobdagi g‘alaba bilan uch ochkoga ega chiqqandi.

    “Barselona” — “Betis”

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Bilbaodagi alamli mag‘lubiyatdan keyin amaldagi chempion o‘z maydonida “Betis”ni qabul qildi. Asosiy hujum uchligi — Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembele mazkur uchrashuvda ishtirok etmasligi bois mezbon jamoa muxlislarida katta xavotir bor edi. Bu esa Antuan Grizmanning “katta sahna”ga chiqishiga zamin yaratdi.

    O‘yin debyuti sevilyaliklar uchun omadl keldi, yozgi transfer oynasida sotib olingan Nabil Fekir 15-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq bunga katalonlar beshta to‘p bilan javob qaytardi. Tanaffus arafasida hisobni tenglashtirgan fransiyalik futbolchi, ikkinchi bo‘lim debyutida qoyilmaqom zarbasi bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan keyin Karles Peres, Jordi Alba va Arturo Vidal bir martadan “Betis” darvozasini aniq nishonga oldi. Grizmann ikkita gol urish bilan birga bitta golga assistentlik ham qildi.

    Boshqa uchrashuvlar

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Foto: Twitter/@LaLiga

    O‘tgan turda “Eybar”ni mag‘lub etgan yangi mavsum debyutanti — “Malyorka” bu safar “Real Sosyedad”ni o‘zida qabul qildi. Mazkur bahsda “Real”dan ijaraga olingan hujumchi Martin Edegorning goli San-sebastianliklarga g‘alaba olib keldi.

    “Selta” 2-turni ham o‘z maydonida o‘tkazdi, bu safar Vigoda “Valensiya” mehmon bo‘ldi. Mehmonlar kutilmaganda bu turda ham g‘alaba qozona olmadi. O‘tgan tur qahramoni — “Atletik” mazkur turda “Xetafe” bilan durang o‘ynab qo‘ydi.

    Tur raqamlarda

    Ikkinchi turdan keyin faqat ikkita jamoa — “Sevilya” va “Atletiko” 100 foizlik natija bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ularning ketidan oltita jamoa 4 ochko bilan ketmoqda. Yana ikki klub (“Betis”, “Leganes”) hali bir ochko ham qo‘lga kiritmadi.

    Bu turda eng ko‘p gol “Barselona” — “Betis” uchrashuvida (7 ta) qayd etildi, shuningdek, turdagi yagona yirik hisob ham shu o‘yinda bo‘ldi. “Levante” — “Vilyarreal” bahsida uchta to‘p kiritildi. Qolgan o‘yinlarda urilgan gollar soni ikkitadan oshmadi.

    Ikkita bellashuv esa 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

    La Liga

    2-tur bahslari

    23-avgust, juma

    “Granada”—“Sevilya” 0:1

    Gol: 0:1 — 52 Jordan

    “Levante”—“Vilyarreal” 2:1

    Gollar: 0:1 — 3 Moreno, 1:1 — 68, penalti, Marti, 2:1 — 73, penalti, Marti

    24-avgust, shanba

    “Osasuna”—“Eybar” 0:0

    “Real”—“Valyadolid” 1:1

    Gollar: 1:0 — 82 Benzema, 2:0 — 88 Gvardiola

    24-avgust, shanba

    “Selta”—“Valensiya” 1:0

    Gol: 1:0 — 15 Fernandes

    “Xetafe”—“Atletik Bilbao” 1:1

    Gollar: 0:1 — 6 Raul Garsiya, 1:1 — 12 Mata

    25-avgust, yakshanba

    “Alaves”—“Espanyol” 0:0

    “Malyorka”—“Real Sosyedad” 0:1

    Gol: 0:1 — 83 Edegor

    “Leganes”—“Atletiko Madrid” 0:1

    Gol: 0:1 — 71 Vitolo

    “Barselona”—“Betis” 5:2

    Gollar: 0:1 — 15 Fekir, 1:1 — 41 Grizmann, 2:1 — 50 Grizmann, 3:1 — 56 Karles Peres, 4:1 — 60 Alba, 5:1 — 77 Vidal, 5:2 — 79 Moron

    Musobaqa jadvali

    To‘purarlar ro‘yxati

    1. Lorenso Moron — 2 ta gol
    2. Xerar Moreno — 2 ta gol
    3. Karim Benzema — 2 ta gol
    4. Antuan Grizmann — 2 ta gol
    5. Serxio Gvardiola — 2 ta gol
    6. Roxer Marti — 2 ta gol

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    26.08.2019, 16:48   Izoh (0)   33067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zi uyida tarsaki yegan “Man Yunayted” va “Tottenhem”, karvonboshiga aylangan “Liverpul”, Lempardning ilk g‘alabasi. APLda tur tafsilotlari

    26.08.2019, 16:05

    “Charm to‘p—2019”. Final bosqichi 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

    25.08.2019, 23:39

    Ravshan Ermatov hakamlikka qaytmoqda: U “Charm to‘p—2019” musobaqasi finalini boshqaradi

    25.08.2019, 23:27

    O‘zbekistonlik dzyudochi Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi

    25.08.2019, 19:12

    O‘zbekistonlik kanoechilar Tokio Olimpiadasiga navbatdagi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

    25.08.2019, 16:55

    Shahram G‘iyosov navbatdagi jangida raqibini 30 soniyada nokautga uchratdi (video)

    25.08.2019, 08:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30

    Britaniya Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga “yuqori narx chegarasi”ni pasaytirish bo‘yicha qaroriga qo‘shildi

    Dunyo | 19 iyul, 13:15

    O‘zbekistonga telefon importi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 12:50

    Kayfiyatingizni ko‘tarib, hayotga qiziqish uyg‘otadigan 7 ta film

    Kino | 19 iyul, 12:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.