• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zi uyida tarsaki yegan “Man Yunayted” va “Tottenhem”, karvonboshiga aylangan “Liverpul”, Lempardning ilk g‘alabasi. APLda tur tafsilotlari

    24—26-avgust kunlari futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasida 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan tur tafsilotlarini “Daryo” an’anaga muvofiq muxlislarga taqdim etadi.

    “Norvich”—“Chelsi”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Dastlabki 2 turda atigi 1 ochko jamg‘argan Frenk Lempard shogirdlari o‘tgan o‘yinda g‘alabaga erishgan “Norvich” mehmoni bo‘ldi. London klubi uchun o‘yin omadli boshlandi. “Aristokratlar”ning yangi 9-raqami Temmi Abraham 3-daqiqadayoq “Norvich” darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq Lempardning quvonchi xuddi jamoasiniki kabi uzoqqa cho‘zilmadi. Oradan uch daqiqa o‘tib APLda to‘purar bo‘lib turgan Teyemu Pukkining uzatmasidan so‘ng Todd Kantuell Kepa darvozasini ishg‘ol qildi. 17-daqiqada esa o‘tgan o‘yinda ham gol urgan Meyson Maunt “Chelsi”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 13 daqiqa o‘tib, Pukkining o‘zi bu safar hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasida yana Abraham katta sahnaga chiqdi. 21 yoshli hujumchi Mateo Kovachichning ajoyib uzatmasini golga aylantirdi. Shu tariqa “Chelsi” Premyer ligada Frenk Lempard qo‘l ostidagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

    “Manchester Yunayted”—“Kristal Pelas”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Mavsumni yomon boshlamagan Ole-Gunnar Sulsher jamoasi 3-tur doirasida “Kristal Pelas”ni o‘z maydonida qabul qildi. Bellashuvda hisobni mehmonlar 32-daqiqaga kelib ochdi. Darvozabon Visente Guaitaning uzatmasini Jeffri Shlupp oldinga intilgan Jordan Ayyuga tashlab berdi. Afrikalik futbolchi esa David de Xeani osonlik bilan dog‘da qoldirishga erishdi. Birinchi bo‘limda muxlislar boshqa gol ko‘rmadi. 70-daqiqada hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi. Uni esa Markus Reshford aniq amalga oshira olmadi. To‘p darvoza ustuniga tegib, maydon tashqarisiga yo‘l oldi. Qayd etish joiz, o‘tgan o‘yinda Pol Pogba ham 11 metrlik jarima zarbasini ko‘kka sovurgandi. O‘yinning kuliminatsion nuqtasi esa so‘nggi daqiqalarga to‘g‘ri keldi. Avvaliga Deniel Jeyms chiroyli goli bilan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib, Zaha—van Anholt kombinatsiyasini niderlandiyalik futbolchining o‘zi gol bilan yakunladi. Shu tariqa “Manchester Yunayted” barcha musobaqalarni hisobga olganda 18 ta o‘yinda ilk bor “burgutlar”ga mag‘lub bo‘ldi.

    “Liverpul”—“Arsenal”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Musobaqaning ortda qolgan 2 turida 100 foizlik natija qayd etgan Mersisayd va London klubi “Enfild” stadionida musobaqaning yakka hokimligi uchun maydonga tushdi. O‘yindagi 4 ta goldan dastlabki 3 tasi mezbonlar hisobiga yozildi. Avvaliga Joel Matip hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim avvalida David Luisning qo‘polligi sabab belgilangan penaltini Muhammad Saloh “Arsenal” darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Saloh Fabinyoning uzatmasidan so‘ng “to‘pchilar” himoyachilaridan birin-ketin qochib ketdi va Bernd Leno darvozasiga o‘yindagi o‘zining ikkinchi golini urdi. “Arsenal” yagona goliga esa 85-daqiqada urugvaylik Lukas Torreyra mualliflik qildi. Qayd etish joiz, Torreyra 61-daqiqada Dani Sebalyosning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi.

    Yurgen Klopp jamoasi 3-turdan so‘ng yo‘qotishsiz odimlayotgan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

    “Bornmut”—“Manchester Siti”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    O‘tgan turda “Tottenhem” bilan durang o‘ynab qo‘ygan Xosep Gvardiola shogirdlari bu safar “Bornmut” maydoniga safar qildi. Uchrashuvda hisobni 15-daqiqada Kevin de Bryuynening uzatmasidan so‘ng Serxio Aguero ochdi. 43-daqiqada esa Rahim Sterling David Silvaning uzatmasini golga aylantirib, “Siti”ning ustunligini mustahkamladi. Mavsum avvalida “Liverpul”dan ijaraga olingan Harri Uilson esa bo‘lim so‘ngida Ederson darvozasiga jarima zarbasidan qoyilmaqom gol urishga erishdi. O‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yish esa Serxio Agueroga nasib qildi. David Silvaning uzatmasini argentinalik hujumchi ko‘kka sovurmadi. Natijada “Manchester Siti” g‘alabani tantana qildi va o‘z hisobidagi ochkolar sonini 7 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

    “Tottenhem”—“Nyukasl”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Turning yana bir sensatsion natijasi Londonda qayd etildi. Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” 3-turga kelib, mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilishga majbur bo‘ldi. “Shporlar” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qilib, braziliyalik Joelintonning 27-daqiqada kiritgan goli evaziga yutqazdi. Shu kuni to‘pga egalik qilish bo‘yicha raqibiga master-klass ko‘rsatgan mezbonlarning gol urish borasida omadi kelmadi, xolos.

    Tur raqamlarda

    • 10 uchrashuvda jami 30 ta gol urildi
    • 12 ta gol mezbonlar, 18 tasi esa mehmonlar hisobiga yozildi
    • Eng sermahsul bahs: “Norvich” — “Chelsi” 2:3
    • Faqat 1 ta o‘yinda durang qayd etildi: “Vulverhempton” — “Byornli” 1:1
    • Faqatgina 9 ta o‘yindan 2 tasida mezbonlar g‘alaba qozondi
    • 4 nafar futbolchi dublga erishdi: Temmi Abraham, Muhammad Saloh, Serxio Aguero, Sebastian Aller
    • Ortda qolgan uch turdan so‘ng ochko yo‘qotmagan bitta klub qoldi — “Liverpul”

    Uchrashuvlarda kiritilgan barcha gollarni @daryo_sport Telegram kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    APL

    3-tur bahslari

    23-avgust, juma

    “Aston Villa”—“Everton” 2:0

    Gollar: 1:0 — 21 Uesli, 2:0 — 90 al-G‘oziy

    24-avgust, shanba

    “Norvich”—“Chelsi” 2:3

    Gollar: 0:1 — 3 Abraham, 1:1 — 6 Kentuell, 1:2 — 17 Maunt, 2:2 — 30 Pukki, 2:3 — 68 Abraham

    “Brayton”—“Sauthempton” 0:2

    Gollar: 0:1 — 55 Jenepo, 0:2 — 90 Redmond

    “Manchester Yunayted”—“Kristal Pelas” 1:2

    Gol: 0:1 — 32 Ayyu, 1:1 — 89 Jeyms, 1:2 — 90 van Anholt

    “Sheffild Yunayted”—“Lester” 1:2

    Gollar: 0:1 — 38 Vardi, 1:1 — 62 Makberni, 1:2 — 70 Barns

    “Uotford”—“Vest Hem” 1:3

    Gollar: 0:1 — 3, penalti, Nobl, 1:1 — 17 Grey, 1:2 — 64 Aller, 1:3 — 73 Aller

    “Liverpul”—“Arsenal” 3:1

    Gollar: 1:0 — 41 Matip, 2:0 — 49, penalti, Saloh, 3:0 — 58 Saloh, 3:1 — 85 Torreyra

    25-avgust, yakshanba

    “Bornmut”—“Manchester Siti” 1:3

    Gollar: 0:1 — 15 Aguero, 0:2 — 43 Sterling, 1:2 — 45 Uilson, 1:3 — 64 Aguero

    “Vulverhempton”—“Byornli” 1:1

    Gol: 0:1 — 13 Barns, 1:1 — 90, penalti, Himenes

    “Tottenhem”—“Nyukasl” 0:1

    Gol: 0:1 — 27 Joelinton

    Musobaqa jadvali

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    To‘purarlar ro‘yxati

    1. Rahim Sterling (“Manchester Siti”) — 5 ta gol
    2. Teyemu Pukki (“Norvich”) — 5 ta gol
    3. Serxio Aguero (“Manchester Siti”) — 4 ta gol
    4. Eshli Barns (“Byornli”) — 4 ta gol
    5. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 3 ta gol

    26.08.2019, 16:05   Izoh (0)   18860
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Charm to‘p—2019”. Final bosqichi 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

    25.08.2019, 23:39

    Ravshan Ermatov hakamlikka qaytmoqda: U “Charm to‘p—2019” musobaqasi finalini boshqaradi

    25.08.2019, 23:27

    O‘zbekistonlik dzyudochi Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi

    25.08.2019, 19:12

    O‘zbekistonlik kanoechilar Tokio Olimpiadasiga navbatdagi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

    25.08.2019, 16:55

    Shahram G‘iyosov navbatdagi jangida raqibini 30 soniyada nokautga uchratdi (video)

    25.08.2019, 08:42

    Konor Makgregor 2019-yil oxirigacha jang o‘tkazadi

    24.08.2019, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.