Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
25-avgust, yakshanba kuni o‘zbekistonlik kanoechilar Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 500 metrga juftlik yo‘nalishida kechgan bahsda 5-pog‘onani egalladi va Tokio–2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Kanoeda eshkak eshish, JCh. Vengriya
Juftlik, 500 metr
1. Sun / Su (Xitoy) – 2:02.812. Takash / Balla (Vengriya) – 2:04.493. Klimova / Makarchanka (Belarus) – 2:07.744. Yan / Preller (Germaniya) – 2:08.185. Rahmatova / Zokirova (O‘zbekiston) – 2:08.47
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)