25-avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.
Nuriddin Xoliqnazarov 1968-yilda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasi, 1998-yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.
Ish faoliyati davomida Nuriddin Xoliqnazarov Asaka shahridagi “Ahmadali Maxdum” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri Yunusobod tumani “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Shu paytgacha poytaxt bosh imom-xatibi bo‘lib ishlab kelgan Rahimberdi Rahmonov “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyatini davom ettiradi.
Izoh (0)