Fransiyaning Biarritsa shahrida uchrashgan Katta yettilik yetakchilari Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligi haqida yakdil xulosaga keldi.
Shuningdek, G7 yetakchilari Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi uchun ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirgan.
Muhokamalar chog‘ida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Tokio Eron uranni boyitish darajasini oshirganidan jiddiy tashvishda ekani, shu bilan birga, mazkur muammo diplomatik yo‘l bilan bartaraf etilishiga intilishda davom etishini ta’kidlagan.
Izoh (0)