Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 2-turida “Borussiya D” klubi safarda “Kyoln” klubini 3:1 hisobida yengdi.
Uchrashuvda Dortmund klubining 19 yoshli futbolchisi Jeydon Sancho 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.Jeydon mavsum boshidan beri 4 ta rasmiy o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Opta xabariga ko‘ra, Sancho (19 yosh 151 kun) Bundesliga tarixida 15 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U 1967-yildan Xorst Kappel tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)