• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12674.37
    • RUB161.23
    • EUR14470.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp Oq dengizda Rossiyaning yadro reaktorli eng yangi raketasi — “Burevestnik” portlaganini aytdi. Rostdan ham shunday bo‘lishi mumkinmi?

    Rossiyaning Arxangelsk viloyatida 8-avgust kuni eng yangi “ishlanma”ni sinovdan o‘tkazish vaqtida portlash yuz berdi, hodisa oqibatida Sarov yadroviy markazining besh nafar xodimi va ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Portlashdan so‘ng hududda radiatsiya darajasi oshgani qayd etildi, Oq dengizning bir qismi kemalar qatnovi uchun yopildi. AQShning rasman ma’lum qilishicha, portlagan “ishlanma”ning nomi — “Burevestnik”; bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan taqdimoti bir yil avval o‘tkazilgan yadro reaktorli eng yangi raketa. Meduza ushbu raketa haqida yozib, nima uchun aynan u portlagan deb taxmin qilinayotganiga asoslar keltirdi.

    Harbiylar nimani sinovdan o‘tkazayotgan edi?

    Severodvinsk shahridan 30 kilometr uzoqlikda, Arxangelsk viloyatining Nyonoksa shaharchasida Rossiya harbiy-dengiz floti (HDF)ning Markaziy raketa poligoni joylashgan. Harbiylar va amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, 8-avgust kuni u yerda suyuqlik dvigatelli qandaydir raketa sinovdan o‘tkazilgan, raketa shaharcha yaqinidagi dengiz platformasidan uchirilgan. Portlashdan bir necha sinovchi suvga otilib ketib, halok bo‘lgan. Portlash “hodisalarning muvaffaqiyatsiz ketma-ketligi” oqibatida yuz bergan.

    Nyonoksadagi raketa poligoni va harbiy baza, 2018-yil.

    Nyonoksadagi raketa poligoni va harbiy baza, 2018-yil.
    Foto: Meduza

    Sarov markazi rahbariyati portlash munosabati bilan bergan bayonotida sinovchilar radioaktiv materiallari bor qurilma ustida ish olib borganini tasdiqlagan. Ular 8-avgust kuni aynan nima sinovdan o‘tkazilganini aytmagan, biroq bir-biridan keskin farq qiladigan o‘zining ikki ishlanmasini tilga olib o‘tgan. Bu — radioizotoplar asosidagi yonilg‘i unsurlari (RITEG) va AQShning NASA kosmik agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan Kilopower loyihasidagiga o‘xshash kam quvvatli mitti reaktor.

    Radioizotop yadrolarining tabiiy (ya’ni, zanjir reaksiyasisiz) parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan quvvatdan foydalanuvchi yonilg‘i unsurlaridan 1960-yillardan beri, uzoq vaqt davomida ishlashi kerak bo‘lgan va uskunalariga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish imkoni yo‘q o‘rinlarda keng foydalanib kelinadi. Masalan, Arktikadagi navigatsiya mayoqlarida yoki avtomatik kosmik qurilmalarda.

    Sarov markazi rahbariyati tomonidan tilga olingan Kilopower reaktori NASA tomonidan kosmik qurilmalar uchun ishlab chiqilgan. RITEGdan farqli o‘laroq, u to‘laqonli zanjir reaksiyasi natijasida olinadigan energiyadan foydalanadi. Bunday reaktorning quvvati ko‘p emas — bir kilovattdan 10 kilovattgacha; uning kosmik tadqiqotlar uchun qiziq jihati — xizmat ko‘rsatish muddati 15 yilgacha yetadi.

    “Biroq biz hozircha yo RITEGdan, yo kilovatt sinfiga mansub kam quvvatli reaktorlardan foydalanishi mumkin bo‘lgan birorta raketa dvigateli haqida bilmaymiz”, — deb yozadi Meduza.

    Radioizotopli yonilg‘i unsurlaridan, ehtimol, hozirda ishlab chiqilayotgan “Skif” suv ostida joylashuvchi ballistik raketa majmuasida foydalanilayotgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, majmua parvoz signalini kutib dengiz ostida yotadigan raketali konteynerdan iborat bo‘ladi. Biroq agar raketada RITEGlardan foydalanilayotgan bo‘lsa ham, bu dvigatelni ishlatish uchun emas, balki butun majmuani quvvat bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Nima bo‘lganda ham, “Skif” qanday tuzilgani haqida ma’lumot juda kam — majmua haqidagi axborot maxfiy. Radioizotopli yonilg‘i unsurlaridan foydalanadigan boshqa loyihalar ham mavjudligini istisno qilib bo‘lmaydi.

    Hozircha ixcham yadroviy reaktorlardan (taxminlarga ko‘ra) foydalaniladigan ikkita istiqbolli loyiha haqida ma’lum: “Burevestnik” qanotli raketasi va “Poseydon” pilotsiz suvosti qurilmasi. Biroq bu reaktorlar nisbatan kuchliroq bo‘lishi kerak.

    Ko‘plab ekspertlarning fikricha, Oq dengizda aynan “Burevestnik” portlagan. AQSh prezidenti Donald Tramp ham shunday deb yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda shunga o‘xshash, lekin ancha takomillashgan texnologiyalar bor, ruslarning urinishi esa “yaxshi chiqmagan”.

    “Burevestnik” nima o‘zi?

    Raketa haqida prezident Vladimir Putin aytganidan ko‘proq narsa ma’lum emas. 2018-yili parlamentga murojaatnoma bilan chiqish qilarkan, Rossiya davlat rahbari NATOning zamonaviy raketaga qarshi mudofaasini aylanib o‘ta oladigan yangi qurol turlari qatorida “harakat radiusi deyarli cheklanmagan” yadroviy dvigatelli raketani ni ham e’lon qilgan edi. Shundan beri “xalq so‘rovnomasi” yakunlariga ko‘ra “Burevestnik” (“Bo‘ronqush”) deb atashga qarorga qilingan raketa sinovdan o‘tkazilayotgani haqida bir necha xabar chiqdi, shuningdek, raketani angarda yig‘ish va sinash jarayonidan videolar e’lon qilindi.

    Videorolikdan raketa oddiy dvigatel yordamida havoga ko‘tarilishi, kerakli tezlikka erishgach esa yadroviy ustanovka ishga tushishi haqida xulosa qilindi. Start dvigateli qattiq yonilg‘ida ishlaydi, deb hisoblanayotgan edi (Severodvinsk ostonasidagi avariya haqidagi xabarlarda esa suyuq yonilg‘i tilga olinmoqda).

    Rossiyalik harbiylarning anonim tarzda qayd etishicha, “Burevestnik”ning dvigateli sinovlari 2019-yil boshida muvaffaqiyatli o‘tgan. Amerikalik razvedkachilar esa (ular ham o‘z ismini oshkor qilmagan) esa, aksincha, 13 ta raketa sinovidan birortasi to‘liq muvaffaqiyatli chiqmaganini ta’kidlamoqda. Rossiyalik harbiy tilga olgan 2019-yil boshidagi sinov, amerikaliklarning ma’lumotlariga ko‘ra, “qisman muvaffaqiyatli” bo‘lgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, start (oddiy) dvigateldan yadroviysiga o‘tishda raketada har safar muammolar yuzaga kelgan.

    Aynan “Burevestnik” portlaganini tasdiqlovchi qanday dalillar bor?

    Bor dalillarning bari — faqat bilvosita. Lekin radiatsiya tarqalishini boshqa biror turdagi raketa bilan bog‘lash qiyinligi haqidagi umumiy fikrdan tashqari, aniq gaplar ham yo‘q emas.

    Shu vaqtgacha “Burevestnik” aholi punktlaridan juda uzoqda joylashgan Novaya Zemlyadagi yadroviy poligonda sinovdan o‘tkazilyapti, deb hisoblanardi. Biroq Middlberi institutining raketa va yadroviy qurol masalalari bilan shug‘ullanuvchi Jeffri Lyuis guruhi turli yillarda olingan tijoriy sun’iy yo‘ldoshlarning suratlarini o‘rganib chiqib, Novaya Zemlyadagi baza 2018-yilda yopilganini, unga juda o‘xshash baza esa 2019-yil bahorida (yoki undan ham oldinroq) Nyonoksada paydo bo‘lganini aniqlagan. Bu — aynan “Burevestnik” sinovdan o‘tkazilganini tasdiqlovchi birinchi dalil.

    First, Russia appears to have recently moved SSC-X-9 testing to Nenoksa. In the past year, Russia built a launch area that closely resembles the one removed from Novaya Zemlya with a shelter on rails. (Also, blue shipping containers!) pic.twitter.com/yMCDVFt51t

    — Dr. Jeffrey Lewis (@ArmsControlWonk) August 10, 2019

    Ikkinchidan, Rossiya 8—11-avgust kunlari Oq dengiz bilan Novaya Zemlya oralig‘idagi juda katta hududda parvoz qilish xavfli ekani haqida fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilarini ogohlantirgan edi; shuningdek, shu hududdan o‘tgan xalqaro aviatsiya trassasining bir qismi ham yopilgan edi. Taqiqlangan hudud joylashuvidan xulosa qilinsa, taqiqlar aynan Nyonoksadagi sinovlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, sinalayotgan raketa yo‘nalishini ham taxmin qilish mumkin — Nyonoksadan Novaya Zemlyadagi yadro poligoniga, ya’ni, avvalgi sinovlar vaqtida “Burevestnik”lar qulagan joyga.

    A question to the experts: does this NOTAM Q4201/19 featuring areas roughly following a flightpath to and along the Central Test Site of Russia at Novaya Zemlya support a hypothesis that a failed SSC-X-9 nuclear-powered cruise missile test was conducted on August 9th? pic.twitter.com/tApqrFfXPt

    — Ilya A. (@ain92ru) August 9, 2019

    E’tiborga molik jihati, Rossiya ushbu hududni bundan avval ham parvozlar uchun yopgan edi. Fuqarolik aviatsiyasining amaldagi uchuvchisi ismi sir qolishi sharti bilan Meduza‘ga ma’lum qilishicha, parvozga cheklovlar tez-tez kuzatiladi: bu harbiylarning faoliyati bilan ham, meteozondlar yoki boshqa qurilmalarni uchirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Uchinchidan, “Burevestnik”lar uchun dvigatel yaratish bilan aynan “Rosatom” shug‘ullangan. Ish haqidagi e’lonlardan xulosa qilinsa, halok bo‘lgan sinovchilar ishlagan Sarov markazining 12-konstruktorlik byurosi (KB-12) qandaydir sirli “maxsus qurilma” ustida ish olib borgan. Sarov shaharchasi forumlarida byurodagi maosh markazdagi o‘rtacha oylikdan yuqori ekani, KBning o‘zi esa, boshqa bo‘linmalardan farqli ravishda, juda katta va muhim bir loyiha ustida ishlayotgani ko‘p muhokama qilingan.

    13.08.2019, 15:52   Izoh (0)   41400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikiston O‘zbekiston avtomobillarining mamlakat hududiga kirishi uchun to‘lovlarni keskin kamaytirdi

    13.08.2019, 14:15

    Tramp: Rossiyadagi poligonda raketa portlashi tufayli ko‘p narsalarni bilib oldik

    13.08.2019, 12:20

    Yangi Zelandiya aholisi 10 mingdan ortiq qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirdi

    13.08.2019, 12:00

    Haj safari davomida qirg‘izistonlik uch nafar ziyoratchi vafot etdi

    13.08.2019, 11:45

    Almazbek Atambayev Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishini uyushtirishda ayblandi

    13.08.2019, 11:20

    Krossovkasida Xitoyga 2 kilogramm oltin olib o‘tishga uringan rossiyalik ayol qo‘lga olindi

    13.08.2019, 11:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zbekiston yuborgan nota diqqat bilan o‘rganilmoqda” — Mariya Zaxarova

    O‘zbekiston | 11 iyun, 16:56

    JCH—2026. Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 13 terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 11 iyun, 16:51

    Endi hamma o‘z viloyatida taksichilik qiladi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 16:46

    Milanda O‘zbekistonning sanoat va eksport salohiyati ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 16:35

    Digital detox: telefondan dam olib, vaqtni mazmunli o‘tkazishning 10 ta usuli

    Ayollar sahifasi | 11 iyun, 16:30

    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda

    Reklama | 11 iyun, 15:00

    Yaponiya chet ellik sayyohlar uchun mamlakatga kirish qoidalarini kuchaytiradi

    Dunyo | 11 iyun, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.