Qirg‘izistonda sud hukmiga ko‘ra, sobiq prezident Almazbek Atambayevning mol-mulklari, jumladan, “Aprel” telekanali va “Media-Forum” AJ xatlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bishkekdagi “Media-Forum” binosida Atambayev asos solgan Sotsial-demokratlar partiyasi shtab-kvartirasi va “Aprel” telekanali studiyasi joylashgan.
Kanal sobiq prezidentning Bishkekdan 20 kilometr uzoqda bo‘lgan Qo‘ytosh qishlog‘idagi uyiga uyushtirilgan hujumni yoritgan. “Aprel”da efirga uzatish to‘xtatib qo‘yilgandan keyin jurnalistlar voqeani internet orqali namoyish etishda davom etgan.
Tergovchilar Atambayev tarafdorlari, jumladan, parlament deputatlarini ham so‘roq qilish niyatida. Sobiq prezidentning o‘g‘li Seyitbek Atambayev ham so‘roq qilish uchun IIVga olib kelingan.
Izoh (0)