Yamanning “Ansar Alloh” guruhi harakat rahbari Abdul Malik al-Xusiyning ukasi o‘ldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Ichki ishlar vazirligi Ibrohim Badriddin al-Xusiy AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoni ko‘rinishidagi tajovuzkorlarning munofiq qo‘llari bilan o‘ldirilganini ma’lum qiladi”, — deyilgan xabarda.
Ibrohim Badriddin “Ansar Alloh” guruhining yetakchisi Abdul Malik al-Xusiyning ukasi va Oliy inqilob kengashi rahbari Muhammadali Xusiyning amakivachchasi edi.
Izoh (0)