Moskvadagi Saxarov prospekti (shoh ko‘chasi)da 10-avgust kuni erkin saylovlar uchun namoyish bo‘lib o‘tdi (tadbir shahar ma’muriyatining ruxsati bilan o‘tkazilgan).
“Beliy schyotchik” (“Oq hisoblagich”) ko‘ngillilar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishga 50 mingga yaqin odam kelgan (Moskva politsiyasi esa mitingga 20 ming kishi keldi, deb hisobot berdi).
Namoyish vaqtida ko‘ngilsiz hodisalar yuz bergani yo‘q. Meduza’ning yozishicha, miting yakuniga yetganidan so‘ng, uning aksariyat ishtirokchilari Moskva markazida sayrga chiqqan — aynan shu lahzada politsiya odamlarni hibsga olishni boshlagan.
Izoh (0)