Boliviyada yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
Qurbonlarning 11 nafari ayol va 3 nafari erkak bo‘lgan.
Avtobus mamlakat poytaxti La-Pasdan Apolo shahriga targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanayotgan volontyor-mediklarni olib ketayotgandi.
Mashina Charazani shahri yaqinida 200 metr balandlikdan jarlikka qulagan. Politsiya avariya sabablarini aniqlashga urinmoqda.
Izoh (0)