Qohiradagi Saraton instituti yaqinida sodir bo‘lgan kislorod balloni portlashida halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Xabarda aytilishicha, qarama qarshi tomondan kelayotgan mashina uchta mashina bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng portlash, keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda 17 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi jarohatlangan.
“TASS”ning yozishicha, tibbiyot muassasasi binosi ham shikastlangan. Shifokorlar va bemorlar evakuatsiya qilingan.
Misr bosh pokurori voqea yuzasidan zudlik bilan tergov ishlarini boshlashni buyurgan. Mamlakat IIV hodisa oldindan rejalashtirilgan terrorchilik hujumi ekanligi haqida hozircha rasmiy ma’lumot bermagan.
Izoh (0)