Qirg‘izistonda joylashgan Abu Ali ibn Sino cho‘qqisida halok bo‘lgan rossiyalik turist Ichki ishlar vazirligining huquqiy departament boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Ivan Ivanov bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
Idoraning ta’kidlashicha, general alpinizmga qiziqqan. “Joriy yilgi ta’tilida u Qirg‘izistondagi cho‘qqini zabt etish uchun otlandi. Noxush hodisa u tog‘dan tushayotganida sodir bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalikning jasadi cho‘qqidan olib tushilgan.
45 yoshli rossiyalik turistning yo‘qolgani haqidagi xabarlar iyul oyining oxirida paydo bo‘lgan edi. Cho‘qqidan tushish vaqtida u aloqaga chiqmay qo‘ygan. Keyinroq Ivanov vafot etgani ma’lum bo‘lgan. Uning jasadi 6,2 ming metr balandlikdan topilgan.
Izoh (0)