Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov 2-avgustdagi topshiriq xati bilan tashkilot rahbarlari va xodimlarini begona o‘tlardan tozalash, gul ekish va sug‘orish ishlari uchun majburiy safarbar etmoqda. Bu haqda Xushnud Xudoyberdiyev ma’lum qilgan.
Buning uchun manzil sifatida Termiz shahridan Termiz tumani Otchoparigacha bo‘lgan M39 avtomobil yo‘li va At-Termiziy maqbarasigacha bo‘lgan yo‘llar atrofi tanlangan. Boshlangan vaqti esa 3-avgust, shanba (!), soat 6:00.
“Qoyil, baraka toping! Xudo xohlasa, Siz kabi hokimlar bilan buyuk kelajak quramiz! Gap yo‘q, To‘ra aka!” — deya kinoya qiladi bloger.
Izoh (0)