Hasan Toshxo‘jayev O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar xizmati rahbari — qo‘mita raisining matbuot kotibi etib tayinlandi.
U raisning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib, maqomiga ko‘ra o‘rinbosarga tenglashtirilgan.
Hasan Toshxo‘jayev 1982-yili Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. “Qishloq hayoti”, “Xalq so‘zi” gazetalarida muxbir, mas’ul kotib o‘rinbosari, sharhlovchi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Xalq ta’limi vazirli axborot xizmatida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)