AQSh mudofaa vaziri Mark Esper o‘rta uzoqlikka uchuvchi raketalarni Osiyoga joylashtirish taklifini ilgari surdi, deb xabar berdi Tengrinews.
“Ha, men buni xohlardim. Buning bir necha oydan so‘ng bo‘lishini istardim, lekin bunday ishlar odatda ko‘p vaqt talab etadi”, — deydi Esper.
2019-yilning avvalida Vashington o‘rta va kichik uzoqlikka uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqanini ma’lum qilib, Rossiyani ushbu shartnoma shartlarini buzganlikda aybladi.
Iyul boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu shartnomani bekor qiluvchi qonunni imzoladi.
Izoh (0)