Tezkor tergov tadbirlari davomida qotillikda gumon qilinib Fayziobod tumani, Chilchashma qishlog‘ida yashovchi 82 yashar otaxon qo‘lga olindi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Gumonlanuvchi 31-iyul kuni soat 13:40 atrofida qishloq masjidida yuzaga kelgan mojaro tufayli 79 va 50 yoshlardagi ikki kishiga bir necha bor pichoq urgan. Ulardan biri — 79 yashar qariya kasalxonaga olib ketilayotganda hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)