AQSh razvedkasi Shimoliy Koreya hududidan noma’lum snaryadlar uchirilganini aniqladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Aynan qancha snaryadlar uchirilganiga oydinlik kiritilmagan, biroq ta’kidlanishicha, raketalarning uchirilishi Shimoliy Amerikaga hech qanday xavf tug‘dirmagan.
Reuters agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, sinov bundan oldingi ssenariylarga mos ravishda amalga oshirilgan.
31-iyul kuni ham KXDR bir nechta snaryadlarni uchirgani haqida xabar tarqalgandi, undan bir hafta oldin esa Shimoliy Koreya yaqin masofaga mo‘ljallangan ikkita ballistik raketani uchirgandi.
Izoh (0)