Olmaotada sodir bo‘lgan ommaviy yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Tengrinews.
Avariya shaharning Rayimbek va Bayzakov ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, avtomobillar svetaforning qizil chirog‘i yongani sabab to‘xtab turgan. Shu vaqtda Mitsubishi Carisma haydovchisi noma’lum sabablarga ko‘ra boshqaruvni yo‘qotib, chorrahada turgan avtomobillar oldiga to‘xtash o‘rniga, Mitsubishi Galant’ga borib urilgan. Natijada Galant oldida turgan Lexus’ni pachoq qilgan. Lexus zarba oqibatida Toyota Land Cruiser Prado bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Ommaviy avariya oqibatida uch kishiga jarohat yetgan bo‘lib, ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.
Keyinroq, aniqlanishicha, YTH sababchisi mast holatda bo‘lgan.
Izoh (0)