Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisining rahbari Andrey Bogdan AQSh tomonidan bo‘layotgan bosimlar sabab lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdi, deb xabar berdi “Liga.Novosti”.
Xabar qilinishicha, ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi ariza Zelenskiyga 1-avgust kuni topshirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bogdan Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvni tashkillashtira olmagani sabab iste’fo so‘ragan.
Manbalarning ta’kidlashicha, Amerika rahbarining administratsiyasi 2020-yilda o‘tkaziladigan saylovlar sabab ukrainalik hamkasbi bilan uchrashishdan xavfsiramoqda. Amerika tomoni Bogdanning ilgari oligarx Igor Kolomoyskiy bilan munosabatda bo‘lganligidan norozi bo‘lgan.
Izoh (0)