Bugun, 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqda Azamat Toshboyev nomli foydalanuvchi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bilan birga tushgan suratini joylab, “Ajoyib tasodif” deb post qoldirdi, deb yozadi O‘zA.
Unda qayd etilishicha, Azamat Toshboyev Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ketayotib, yo‘lda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning piyoda yurganini ko‘rib qoladi.
“Maddohlikni chetga surgan holda alohida ta’kidlab o‘taman: hokim judayam samimiy va sodda inson ekan. Yo‘lda ancha gaplashib ketdik. O‘zining maslahatlarini ham berdi. Bu bilan nima demoqchiman: gap selfida emas, gap hokimning xalqqa yaqin bo‘lish maqsadida ko‘chada oddiy insondek ishga piyoda ketishida va yo‘lovchilar bilan samimiy suhbat qurishida”, deb yozadi u.
Izoh (0)