Chilonzor tumani 16-mavzeda joylashgan “Nika Farm Servis” dorixonasidan 28-iyul kuni tungi soat 01:30 da Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi monitoring markaziga “tashvish” xabari kelib tushgan. Mazkur xabar mas’ul xodimlar tomonidan ushbu hududda xizmat olib borayotgan tezkor harakatlanuvchi guruhga zudlik bilan yetkazilgan.
Tezkor guruh xodimlari voqea joyiga yetib borganida yuqorida nomi qayd etilgan dorixonaning kirish eshigi qulfi buzilgani ma’lum bo‘lgan.
Dorixonaga o‘g‘rilik maqsadida kirgan va voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan noma’lum shaxs tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan qo‘lga olinib, tumandagi 5 sonli IIBga topshirilgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu noma’lum shaxs 1991-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan M. X. ekanligi aniqlangan. Holat yuzasidan tumandagi Ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)