• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hajga ketayotgan ayollarga tavsiyalar

    Joriy yilda O‘zbekistoning 7 ta shahri: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Nukus, Qarshi, Namangan, Urganchdan 7200 nafar ziyoratchi Haj amalini bajaradi.

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Makkaga haj amallarini ado etish uchun yetib kelgan ziyoratchilarning dastlabki guruhi 27-iyul kuni “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida kutib olingan edi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov 30-iyul kuni va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akramov Makka shahrida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar bilan suhbat o‘tkazib, haj amallarini to‘la-to‘kis ado etish bilan bog‘liq muhim tavsiyalar bergan.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi Munira Abubakirova hajga ketayotgan ayollarga tavsiyalarni sanab o‘tdi:

    • Hajga ketayotgan inson avvalo Alloh rizoligini tilab, ibodatda bo‘lishi kerak. Shuningdek, “hoji ona” nomini olish, faxrlanish va riyokorlik kabi illatlarda yiroq bo‘lishi zarur.
    • Barcha gunohlardan tiyilib, Alloh taologa tavba qilsin.
    • Atrofida keksalar, ota-onalari bo‘lsa, ularning roziligi va duolarini olish yaxshi amallardan hisoblanadi.
    • Kimning dilini og‘ritgan, zulm qilgan bo‘lsa, ulardan safar oldidan uzr so‘rasin. O‘zi ham kechirimli bo‘lsin.
    • Haj safari tayyorgarligi bilan ovora bo‘lib, namoz va boshqa ibodatlarga e’tiborsizlik qilmasin.
    • Kimdan qarzi bo‘lsa, safarga ketguncha barcha qarzlarni to‘lab qo‘ysin.
    • Haj safari chog‘ida har daqiqaning qadriga yetib ibodat va zikrlar bilan mashg‘ul bo‘lish, qo‘lidan kelganicha odamlarga yaxshilik qilish payida bo‘lishi kerak.
    • Safar chog‘ida g‘iybat, chaqimchilik va behuda so‘zlardan tilini tiysin.
    • Haj davomida hayollari tijoratdan holi bo‘lgan holda, qalbda ibodatlarini Yaratganning huzurida qabul bo‘lishini chin ixlos ila so‘rasinlar.
    Haj safariga boruvchi ayollarga xos bo‘lgan masalalar:
    • Ayollar ehrom holatida boshlarini yopadilar, yuzlari esa ochiq holda bo‘ladi. Ko‘ylaklar gulsiz, sidirg‘a, ichi ko‘rinmaydigan darajada bo‘lishi, tor va qora rangda bo‘lmasligi talab etiladi.
    • Sochlar doimo ro‘mol tagida bo‘lishi kerak. Sochlar ibodat chog‘ida xalaqit qilmasligi uchun turmaklanadi yoki biror narsa bilan bog‘lab olinadi.
    • Ayollar talbiyani maxfiy, ya’ni past ovozda aytadilar. “Labbaykallohumma labayk, labbayka laa shariyka laka labbayk. Innal hamda val-ne’mata laka val mulk, laa shariyka lak”
    • Mehmonxonalardagi xonalar taqsimotida tartibli bo‘lish talab etiladi. Mehmonxonada oz vaqt bo‘lishlikni, haj safariga nima maqsadda borishlikni doim yodda saqlagan holda ellikboshining ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish shart.
    • Mehmonxonalardagi xonalar ozodaligiga e’tibor berish, suvni isrof qilmaslik talab etiladi.
    • Mehmonxonalarda ham satri avrat qoidalariga amal qilish lozim.
    • Oshxonadagi tartib-intizomga qat’iy rioya qilish kerak.
    • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ko‘krak nishoni) va mehmonxona tashrif qog‘ozi (vizitka)si doim yonida olib yurish kerak.
    • Ibodat yoki boshqa holatlarda mehmonxonadan tashqariga chiqiladigan bo‘lsa, kalitni topshirib ketish zarur.
    • Ibodatlar uchun masjidda qolinadigan bo‘lsa yoki boshqa ishlar yuzasidan ellikboshini ogohlantirib qo‘yish lozim.
    • Ibodat vaqtlarida ayollarning hayz kunlari boshlanib qolsa, Ka’ba tavof qilinmaydi, namoz, Qur’on o‘qilmaydi. Qolgan amallar to‘laligicha qilinadi. Umra ziyorati hayz kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, ayol shifokorlar bilan maslahatlashib ish ko‘riladi.
    • Ayollar kamida uch kishi bo‘lib yurishi, kechasi yolg‘iz yurmasliklari lozim. Masjid uzoqda bo‘lsa, shaxsiy avtomobillarga o‘tirmaslik, faqat taksilardan foydalanish tavsiya etiladi.
    • Masjid ul-Nabaviydagi bir rakat namozning savobi ming rakat namozga, Masjid ul-Haramdagi bir rakat namozning savobi esa yuz ming rakat namoz savobiga tengligini doimo esda saqlab, vaqtni g‘animat bilib, doimo ibodatda bo‘lish kerak.
    • Haj va umra oxirida ayollarning sochlaridan, soch uchidan bir barmoq aylantirarlik uzunligida soch kesiladi. Soch uzun bo‘lsa, sochning uchidan, soch kalta bo‘lsa o‘ng tomonda qaychi bilan kesiladi. Ehromga kirishdan oldin shularni hisobga olish kerak.
    • Hajga boruvchi ayollar ibodat vaqtida ulkan ajrlar berilishi hisobga olib, birovlarning haqiga, moliga hiyonat qilmaslik, atrofdagilar bilan janjalmaslik, o‘zi va boshqalar uchun savobli amallar qilishga harakat qilishi talab qilinadi.
    • Begonalardan audio, video tasmalar, turli kitoblar olmaslik talab etiladi.
    • Hamxonalarda keksalar bo‘lsa, qo‘ldan kelganicha yordam berish tavsiya etiladi.
    • Biz Abu Hanifa mazhabiga muvofiq ibodat qilamiz, shuning uchun ibodat vaqtida boshqa mazhabdagi ayollarning ibodatlariga e’tibor bermaslik talab etiladi.
    • Hozirgi vaqtda tasbehlar, joynamozlar o‘zimizning yurtda ham serob bo‘lgani bois u yerdan yuk qilib ko‘tarib yurmaslik, uyda qolgan farzandlardan tasbeh, joynamoz va boshqa narsalarni uyga olib kelib qo‘yishlari tavsiya etiladi.
    • Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning masjidlarida yoki Ka’baga matolarni turli niyatlarda surtish, Uhud tog‘i tuprog‘idan olib ketish, Uhud tog‘iga qarab namoz o‘qishning bid’at amallardan ekanini aniq bilish zarur.
    • Samolyotda, mehmonxonalarda, masjidlardagi tahoratxonalarda pokizalikka qat’i e’tibor berish talab etiladi.
    • Hajga borayotganlar nima maqsadda ketayotganligini aniq bilib olishlari lozim, shuningdek, ibodat vaqtlarida ayollarni pardozlanib yurishlari man etiladi.
    • Ibodatlarni tugatib mehmonxonaga qaytish yo‘li yoddan ko‘tarilgan vaqtda sarosimaga tushmaslik, yaqin atrofdagi politsiya yoki biron kishiga beyjik va mehmonxona tashrif qog‘ozi (vizitka)ni ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
    • Shifokorlar doim xizmatda bo‘lganligi bois o‘zingizmi, hamxonangiznimi tobi qochib qolsa, darrov shifokorga murojaat qilish zarur.
    • Mehmonxonalarda yuk yo‘qolish kabi hodisalar bo‘lganida, darhol ellikboshiga murojaat qilish kerak.
    • Haj safariga ketayotganda va qaytishda aeroport ma’muriyati tomonidan talab etilgan me’yordan ortiq yuk olmaslik talab etiladi.
    • Toshkent aeroportiga qaytib kelingandan keyin jomadon yoki yuklar yo‘qolgani ma’lum bo‘lsa, jomadon uchun berilgan chiptani ellikboshi bilan birgalikda aeroport ma’muriyatiga topshiriladi.
    • Haj safaridan qaytib kelgandan keyin musulmon kishiga xos bo‘lgan ishlarni mukammal bajarishda, mahalla va jamoat ishlarida, to‘y va ma’rakalarni isrofgarchiliksiz o‘tkazish, yoshlar tarbiyasida ibrat bo‘lishlari tavsiya etiladi. Xayrli amallarda davomli bo‘lish ikki dunyo saodatiga erishtiradi.

    Mavuga doir: O‘zbekiston hojilarga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha birinchi beshtalikdan joy oldi

    01.08.2019, 10:22   Izoh (0)   44301
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Samarqand shahrining ta’mirtalab ko‘chalari

    01.08.2019, 09:55

    Shavkat Mirziyoyev Shveysariya prezidentiga tabrik yo‘lladi

    01.08.2019, 09:17

    Moliya vazirining o‘rinbosari O‘zbekistonda energiya resurslari narxi oshishiga izoh berdi

    01.08.2019, 09:05

    YPXdan qochgan Damas haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

    01.08.2019, 09:03

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi eksportchilarining mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

    01.08.2019, 08:37

    Shavkat Mirziyoyev Lukashenko bilan norasmiy suhbat qurdi. Davlat rahbarlari o‘zaro sovg‘a almashdi (foto+video)

    01.08.2019, 08:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.