Namangan viloyatining Norin tumani, Haqqulobod shaharchasida “Obod markaz” loyihasi doirasida qayta qurilgan “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Markazning qayta qurishga 720 million so‘m sarflandi. Undan bepul Wi-Fi hududi, 6 mingta kitob jamlangan kutubxona, bookcafe, “Kovorking markazi”, kinoteatr va kompyuter o‘yinlari xonasi o‘rin olgan.
“Yoshlar markazi” obod va ko‘rkam, yoshlar uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan hududga aylandi. Uning ochilish marosimida Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudoybergenov va viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Norin tumani aholisining salkam 60 foizi yoki 82 ming nafardan oshig‘ini yoshlar tashkil qiladi.
Izoh (0)