• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Militsiya boshlig‘i uyimga bostirib kirib tintuv o‘tkazgach, bolalarim qo‘rqib ketgan”. Qashqadaryolik fermer IIB boshliqlarining navbatdagi zo‘ravonligini fosh etdi

    “Daryo” internet-nashriga kelib tushgan navbatdagi murojaatda IIB boshlig‘ining zo‘ravonligi haqida so‘z boradi. Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Charog‘il” qishlog‘ida yashovchi fermer Bekzod Farmonov tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov doimiy ravishda uni haqorat qilib kelganini, joriy yilning 21-iyul kuni esa uning xonadoniga to‘satdan bostirib kirib, tintuv o‘tkazganini aytmoqda. Fermerning bildirishicha, IIB boshlig‘ining tasodifiy tintuvi tarvuz yeb o‘tirgan 4 va 6 yoshli farzandlarini qo‘rqitib yuborgan. Eng yomoni fermerning ayoliga kuch ishlatgan IIB boshlig‘i voqea so‘ngida o‘zini jabrdiyda ko‘rsatish maqsadida telefoni va ko‘zoynagini sindirib, maxsus guruh chaqirtirgan.

    Bekzod Farmonov.

    Bekzod Farmonov.
    Foto: “Daryo”

    Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev murojaat asosida voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

    — 21-iyul kuni dalada ishlayotgan paytim fermer xo‘jaligimga biriktirilgan tuman agroximiyaning boshlig‘i Tolib aka telefon qilib, kechki payt soat 18:30 da yig‘ilish borligini aytib, borishimni tayinladi, — deydi fermer Bekzod Farmonov. – Shunda Tolib akaga “aka, paxtam bir yarim oydirki suv ichmayapti, tuman hokimi va IIB boshlig‘idan suv so‘rayverib charchadim, kelib suv olishimga ko‘maklashing, paxtani sug‘oraylik, dedim. Shunda Tolib aka “gapni ko‘paytirma, yig‘ilishga borasanmi yo‘qmi”, dedi. Jahl ustida “bormayman”, dedim va ishimni davom ettirdim.

    Fermer Bekzod Farmonovning aytishicha, uning 7 gektarlik paxta dalasi 12-iyun kunidan buyon umuman sug‘orilmagan. Charog‘il hududi tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov sektori bo‘lgani bois, ushbu hududda joylashgan fermer xo‘jaliklariga suv berishni IIB boshlig‘i nazorat qilgan. Fermer o‘tgan fursat davomida IIB boshlig‘iga ham, tuman hokimi G‘ayrat Begaliyevga ham ko‘p marotaba murojaat qilsa-da, suv berilmagan.

    Fermer Bekzod Farmonovning paxta dalasi.

    Fermer Bekzod Farmonovning paxta dalasi.
    Foto: “Daryo”

    Bundan 3 yil ilgari qayta tashkil etilgan “Parizoda Ro‘ziqulova” fermer xo‘jaligi egasi Bekzod Farmonovning aytishicha, fermer va agrokimyo boshlig‘i o‘rtasidagi suhbat tez orada tuman IIB boshlig‘i qulog‘iga yetib boradi. Boshliq esa o‘sha zahoti fermerga qo‘ng‘iroq qiladi.

    — Dala ishlari bilan bandligim va telefonim mashinada qolgani bois, tuman IIB boshlig‘ining qo‘ng‘irog‘ini keyin ko‘rdim va tezda qaytib telefon qildim, — deydi Bekzod Farmonov. – Shunda IIB boshlig‘i “majlisga bormayman debsan”, dedi. Jahl ustida bormayman deb aytib yuborganimni, ammo majlisga albatta borishimni aytdim. Shunda boshliq “majlisni qo‘y, men uyingdaman uyingga kel”, dedi. IIB boshlig‘ining uyimga borganini eshitib, tezda uyga yetib bordim. Borsam, uyimda tintuv bo‘lyapti. Bolalarim va ayolim qo‘rqib ketgan.

    Bahodir Arslonov.

    Bahodir Arslonov.
    Foto: IIV

    Fermerning aytishicha, u uyiga borishidan 10–15 daqiqa ilgari IIB boshlig‘i MMTP raisi Sherali Qiyomov hamrohligida uning xonadoniga dabdurustdan bostirib kirib, tintuv o‘tkaza boshlagan. Oqibatda fermerning tarvuz yeb o‘tirgan ayoli, 4 va 6 yoshli farzandlari qo‘rqib ketgan.

    — Uyimga kelganimda IIB boshlig‘i uyimni tintuv qilayotgan ekan, — deydi fermer. – Uyda dala ishlari uchun olingan 80 litr solyarka bor edi. Bizda yonilg‘i shoxobchasi yo‘qligi bois, kerakli solyarkani uyda saqlashga majburmiz. Dala ishlari uchun traktorga solyarka kerak bo‘lganda, shundan foydalanamiz.

    “Charog‘il” qishlog‘idagi faoliyatini to‘xtatgan yonilg‘i shoxobchasi.

    “Charog‘il” qishlog‘idagi faoliyatini to‘xtatgan yonilg‘i shoxobchasi.
    Foto: “Daryo”

    “Charog‘il” qishlog‘idagi faoliyatini to‘xtatgan yonilg‘i shoxobchasi.

    “Charog‘il” qishlog‘idagi faoliyatini to‘xtatgan yonilg‘i shoxobchasi.
    Foto: “Daryo”

    Fermerning aytishicha, IIB boshlig‘i uyni ko‘zdan kechirib bo‘lgach, solyarka xususida so‘ragan. Fermer solyarka yonilg‘i tarqatish shoxobchasi yo‘qligi sabab, uyda saqlanayotganini aytgach, ortga qayta boshlagan. Ajablanarlisi, IIB boshlig‘i fermerga nima sababdan kelganini ham aytmagan. Shunda fermer IIB boshlig‘idan dalasi uchun yana suv so‘ragan. Paxtasi oxirgi marotaba 12-iyun kuni sug‘orilganini, ayni kunda dalasi suvga muhtojligini tushuntirib, suv bering degan. Tayinli javob ololmagach, IIB boshlig‘iga paxta uchun berilayotgan suv Charog‘il massivida ekilgan 200–300 gektar qovun-tarvuzga ketayotganini aytib, ushbu holatni rasmga olganini, bu haqda viloyat hokimiga murojaat qilishini bildirgan. Bu gapni eshitgan IIB boshlig‘i esa “Sen nima deyapsan”, deb shu zahoti tuman yong‘in xavfsizligi xodimini chaqirgan. Xodimga fermer xonadonidagi 80 litr solyarkani rasmiylashtirishni buyurgan.

    Poliz ekinlari va paxta dalasiga suv beriladigan Mirishkor kanali.

    Poliz ekinlari va paxta dalasiga suv beriladigan Mirishkor kanali.
    Foto: “Daryo”

    Poliz ekinlari va paxta dalasiga suv beriladigan Mirishkor kanali.

    Poliz ekinlari va paxta dalasiga suv beriladigan Mirishkor kanali.
    Foto: “Daryo”

    — Yong‘in xodimi bilan mashinada solyarkani rasmiylashtirayotgan paytimiz IIB boshlig‘i hali qurilishi bitmagan uyimga kirib, nimalarnidir izlay boshladi, — deydi fermer. — Bu mening g‘ashimga tegdi. Hujjatlarga qo‘l qo‘yib, ichkariga kirdim va uyimdan nimalarnidir izlayotgan boshliqqa dalaga ketishim kerakligini aytib, uydan chiqishini so‘radim. Shunda IIB boshlig‘i meni har doimgidek kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, “Aziz va Ilyosning kunini boshingga solaman”, dedi.

    Bekzod Farmonovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, IIB boshlig‘i tilga olgan Aziz Norov hamda Ilyos Rahmonovlar yer maydoni ushbu hududda joylashgan fermerlar bo‘lib, ular IIB boshlig‘i qahriga uchraganlardan. Fermerning aytishicha, Aziz Norov ismli fermer joriy yilgi g‘alla o‘rimi paytida shudring tushib qolgan g‘allasiga kombayn tushishiga qarshilik ko‘rsatgach, IIB boshlig‘i talabi bilan qamab qo‘yilgan. Ilyos Rahmonov ismli fermer esa g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargach, IIB boshlig‘idan 1 gektar maydondagi g‘allasini o‘ziga qoldirishini so‘ragan va g‘allaning o‘rib olinishiga qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda Ilyos fermer ham qamalgan.

    Fermer Ilyos Rahmonovning holatga oydinlik kiritishicha, IIB boshlig‘i uni bir kun qamoqda emas, tuman shifoxonasining narkologiya bo‘limida majburan ushlab turgan.

    Ilyos Rahmonov.

    Ilyos Rahmonov.
    Foto: “Daryo”

    — Shartnoma bo‘yicha joriy yil 28 tonna g‘alla topshirishimiz kerak edi, — deydi Ilyos Rahmonov. – Qariyb 31 tonna topshirdik. Shunda 1 gektar maydondagi g‘allani o‘zimga qoldirishlarini so‘radim. IIB boshlig‘i “topshirasan” deb turib oldi. Nechchi oy ishlaganimni, g‘alla olishga haqqim borligini aytdim. Va g‘allani o‘rishlariga qarshilik ko‘rsatdim. Shunda IIB boshlig‘i talabi bilan “Jiguli” mashinasida IIBga olib ketildim. IIBda rosa haqorat qilishdi. Ilgariroq asab bo‘yicha davolanganimni pesh qilishib, majburiy tartibda tuman shifoxonasining narkologiya bo‘limida bir kun ushlab turishdi.

    Aniqlanishicha, fermer va IIB boshlig‘i o‘rtasidagi mojaro boshlangan payt IIB boshlig‘i Charog‘il QFY raisi Mirjamil Eshmurodovni ham chaqirgan.

    — IIB boshlig‘i meni chaqirib, fermer xonadonida 80 litr solyarka saqlayotganini, aslida solyarka 20 litrgacha bo‘lsa uyda saqlash mumkinligini aytdi, — deydi “Charog‘il” QFY raisi Mirjamil Eshmurodov. – Qonuniy tartibi qanday bilmayman, ammo mening bilishimcha, fermer ham solyarkani ilojsizlikdan xonadonida saqlagan. Boisi, bizning hududda yonilg‘i tarqatuvchi shoxobcha yo‘q. Eski binosi bor, ammo u talabga javob bermaydi. Yonilg‘i Beshkentdan keltiriladi.

    O‘sha kungi voqealar rivojiga ko‘ra, fermer Bekzod Farmonov IIB boshlig‘i uni haqorat qilishda davom etgach, ayoliga voqeani telefonga syomka qilishni buyurgan.

    — IIB boshlig‘ini meni haqorat qilishda davom etgach, ayolimga telefonimni berib, holatni syomka qilishini buyurdim, — deydi Bekzod Farmonov. — Ayolim IIB boshlig‘ining meni haqorat qilayotganini telefonga yoza boshladi. IIB boshlig‘i telefonni o‘chirishni talab qildi. So‘ngra 5 metr narida turgan ayolimga tashlanib, qo‘lini qayirib telefonni tortib oldi. IIB boshlig‘ining ayolimga tashlanganini ko‘rgan bolalarim baqirib yig‘ladi. Shunda ayolimga tashlangan IIB boshlig‘iga “ayolimdan uzoqroq tur deya” uni quchoqlab orqaga tortdim. Shunda ikkalamiz ham baravariga yiqildik.

    Ma’lum qilinishicha, IIB boshlig‘i fermerning ayolidan telefonni tortib olayotgan payt uning qo‘liga ozor yetkazgan.

    — IIB boshlig‘i turmush o‘rtog‘imni haqorat qila boshlagach, voqeani telefonga syomka qila boshladim, — deydi fermerning ayoli Manzura Ro‘ziyeva. – Shunda IIB boshlig‘i menga tashlandi. Qochishimga qaramasdan qo‘limni qayirib, telefonni tortib oldi. Qo‘limni tirnab olgani bois, qo‘lim qonadi. Shunda erim u kishini quchoqlab orqaga tortdi. Ikkalasi ham baravariga yiqilgach, IIB boshlig‘ining telefoni yerga tushdi. Men ham uning telefonini olib qo‘ydim.

    Manzura Ro‘ziyeva.

    Manzura Ro‘ziyeva.
    Foto: “Daryo”

    IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov o‘rnidan turgach, unga viloyat hokimi telefon qilishi mumkinligini aytib, qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Mirjamil Eshmurodovdan telefonini olib berishini so‘ragan.

    — Telefonini mendan olgach, yerga urib sindirdi, — deydi Manzura Ro‘ziyeva. – Ko‘zoynagini ham olib, uniyam yerga otdi. Ustidagi kiyimining tugmalarini yulib olib, erimga “Sen meni urding, xizmat vazifamni bajarishimga to‘sqinlik qilding”, deya shantaj qilishga o‘tdi. Va maxsus guruh chaqirdi. Uyimizni IIB xodimlari bosdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi tuman IIB boshlig‘i telefoni va ko‘zoynagini yerga urib sindirgach, IIB va tuman prokuraturasidan vakil chaqirib, o‘zining jabrlanganini ma’lum qilgan.

    — Haqiqatdan ham IIB boshlig‘i unga viloyat hokimi telefon qilishi mumkinligini aytib, fermerning ayolidan telefonini olib berishimni so‘radi, — deydi rais Mirjamil Eshmurodov. — Telefonini olib berganimdan so‘ng, Bahodir Arslonov “bu telefon o‘zi yaxshi ishlamaydi” deb telefonini yerga urdi. Taqib yurgan ko‘zoynagini qo‘liga olib, uni ham otdi. Shunda IIB boshlig‘ining qo‘lida kiyimining singan tugmasi ham paydo bo‘ldi.

    Mirjamil Eshmurodov.

    Mirjamil Eshmurodov.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilishlaricha, voqea so‘ngida IIB boshlig‘i tomonidan chaqirilgan IIB xodimlari va tuman prokuraturasi tergovchilari voqea sababini o‘rgangan. Qanday xulosa qilingani esa bizga qorong‘i. Sababi bu xususida viloyat prokuraturasidan ma’lumot olishga urindik. Ammo har doimgidek viloyat prokuraturasi ma’lumot berishni paysalga soldi.

    Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida “P.Qurbonov” fermer xo‘jaligi rahbari Gulnora Mirzayeva ham tuman IIB boshlig‘ining xatti-harakatlaridan aziyat chekayotganini aytdi.

    — 11-may kuni paxta chopig‘ini tugatgandik, — deydi fermer Gulnora Mirzayeva. – 21-may kuni hududdagi paxta dalalarining ahvoli o‘rganildi. Shunda 6 ta fermer dalasining o‘t bosib yotgan holati aniqlangan. IIB boshlig‘i bizning paxta dalamiz toza bo‘lsa-da, dalasini o‘t bosgan fermerlarga qo‘shib bizni ham ro‘yxatga olgan. Tuman hokimi bu fermerning yeri toza-ku, nega ro‘yxatga kirityapsan deb so‘raganda, “bu insofsiz seminarga qatnashmaydi”, degan. Noto‘g‘ri va asossiz tuzilgan dalolatnoma sabab, bizning yerimiz tuman zaxira yer fondiga topshirib yuborildi. Ammo sud orqali qaytarib oldik. Ammo ancha sarson bo‘ldik.

    Gulnora Mirzayeva.

    Gulnora Mirzayeva.
    Foto: “Daryo”

    Fermer Gulnora Mirzayeva tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonovning qishloq xo‘jaligini tushunishiga shubha qilmoqda.

    — IIB boshlig‘ining qishloq xo‘jaligini, dehqonchilikni tushunishiga ishonmayman, bu borada bilim-saviyasi yo‘q, — deydi Gulnora Mirzayeva. – Ammo aql o‘rgatadi. G‘allamni ko‘rib, bu g‘allang bo‘lmaydi deb yerga urardi. Mana 34 tonna reja o‘rniga, 55 tonna g‘alla topshirib, belgilangan rejani 161 foizga bajardim. Uyalib qoldi.

    Gulnora Mirzayeva IIB boshlig‘ini ko‘zbo‘yamachilik qilishda ham ayblamoqda.

    — 16-iyul kuni tuman hokimi IIB sektoridagi 16 nafar traktorchiga 500 ming so‘mdan pul va 5 litrdan yog‘ tarqatdi, — deydi fermer. – Hokim sovg‘ani topshirib, ketishi bilan IIB boshlig‘i pul va yog‘larni qaytarib oldi. Ko‘zbo‘yamachilik qilishdan ham uyalmaydi. Nega bunday qildingiz deb so‘rasak, “Menga pul berib qo‘yganmiding”, deydi.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Qarshi tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov shikoyat xususida eshitgach, to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot berolmasligini, viloyat IIB matbuot xizmati orqali ma’lumot olishimiz mumkinligini aytdi. IIB matbuot xizmatiga savollarimizni yubordik. Ming taassufki, Bahodir Arslonov savollarga javob berishdan bosh tortdi. Hatto IIB matbuot xizmati ham bu ishni eplolmadi. Matbuot xizmatining aytishicha, Bahodir Arslonov bu holatni prokuratura o‘rganayotganini ro‘kach qilib, prokuraturadan ma’lumot olishimiz lozimligini aytgan.

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, haqiqatdan ham Charog‘il massiv hududida gektarlab yerlarga poliz ekinlari — qovun, tarvuz ekilgan. Qovun-tarvuz egalari asosan vodiy viloyatlaridan kelgan dehqonlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu hududda ishlovchi fermerlarning gapiga ko‘ra, qovun-tarvuzlar paxtaga deb chiqarilgan suvdan sug‘oriladi. Dehqonlar esa egalik qilayotgan yerlarining gektariga 1 million so‘mdan haq to‘laydi.

    Charog‘il massividagi poliz ekinlari.

    Charog‘il massividagi poliz ekinlari.
    Foto: “Daryo”

    Charog‘il massividagi poliz ekinlari.

    Charog‘il massividagi poliz ekinlari.
    Foto: “Daryo”

    Charog‘il massividagi poliz ekinlari.

    Charog‘il massividagi poliz ekinlari.
    Foto: “Daryo”

    Qarshi tuman hokimi o‘rinbosari Javlov Do‘sanovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, Charog‘il massiv hududida jami 60 gektar yerga qovun-tarvuz ekilgan. Poliz ekinlari yetishtiruvchi dehqonlar o‘z hududiga suv keltirish uchun motor o‘rnatib, tok tortib kelgan. Poliz ekinlari uchun alohida suv beriladi. O‘rinbosarning aytishicha, eng muhimi qovun-tarvuz xorijga eksport qilinmoqda. Ammo o‘tgan yillar davomida qovun-tarvuz eksportidan tumanga qancha valyuta kirgani hokim o‘rinbosariga ham noma’lum ekan.

    Tarvuz-qovun yetishtiruvchi dehqonlar chaylasi.

    Tarvuz-qovun yetishtiruvchi dehqonlar chaylasi.
    Foto: “Daryo”

    Quvonarlisi, har bir dehqon yeridan kuniga 2 ta Damas’da 250 tagacha qovun va tarvuz ichki bozorga olib kirilmoqda. Bu degani hududda deylik 10 nafar dehqon bo‘lsa, bozorga kuniga 5000 dona poliz ekinlari kiryapti. Ammo uning daromadidan davlatga qancha foyda tushayotgani faqatgina tuman mas’ullariga ma’lum.

    Foto: “Daryo”

    Qarshi tuman IIB rahbarining xatti-harakatidan aziyat chekayotgan fermerlar arzi-dodiga va tumanning chekka hududida bo‘layotgan o‘zboshimchaliklarga mutasaddilar tez orada e’tibor qaratishadi degan umiddamiz. Mavzuga albatta, qaytamiz.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Daryo” internet-nashrida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov fermerlar uchun o‘tkazilgan dala seminarida 11 kishiga kishan taqqani, seminarda qatnashmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqchi bo‘lgani haqida maqola e’lon qilingandi. Maqola e’lon qilingach, Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan Kasbi tumani IIB boshlig‘iga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishni boshladi. Bu orada tuman hokimligi Chori Ko‘charovni “oppoq” qilishga urindi. Ichki ishlar vazirligi esa xizmat tekshiruv yakunlariga ko‘ra Kasbi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Chori Ko‘charov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

    31.07.2019, 15:34   Izoh (0)   67065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasida yirik yong‘in yuz berdi (video)

    31.07.2019, 15:22

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Surxondaryodagi boshqarmasiga rahbar tayinlandi

    31.07.2019, 15:10

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga jo‘nab ketdi

    31.07.2019, 15:06

    O‘zbekiston va Belarus forumi doirasida umumiy qiymati 500 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

    31.07.2019, 14:57

    “O‘zbekiston havo yo‘llari“ MAK: Boeing 787 Dreamliner samolyotlari sotilmaydi

    31.07.2019, 14:34

    Olmaotada O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatandoshini o‘ldirdi

    31.07.2019, 14:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.