Janubiy Koreya KXDR yangi raketa sinovini o‘tkazgani sababli 31-iyulda Milliy xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kengash Janubiy Koreya prezidentining davlat xavfsizligi bo‘yicha kotibi Chon Iy Yen boshchiligida o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 31-iyulda Shimoliy Koreya hududida bir nechta raketa uchirilgan. KXDR 25-iyulda ham Yapon dengizida ikkita noma’lum raketani uchirgandi.
Izoh (0)