Shimoliy Koreya hududidan yana bir nechta raketalar uchirildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Raketalar Janubiy Xamgyon provinsiyasiga qarashli Xodo yarimorolidan uchirilgan.
Janubiy Koreya harbiy idorasi yangi raketalarning uchirilishini kuzatib bormoqda va o‘z qo‘shinlarini jangovar shay holatda saqlamoqda.
25-iyul tongida KXDR hukumati yaqin masofaga mo‘ljallangan ikkita raketani uchirgan edi.
Izoh (0)