Hindiston va boshqa bir qator mamlakatlarda mashhur bo‘lgan Cafe Coffee Day qahvaxona tarmog‘i asoschisi Vi Ji Siddxartxi o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
U 30 soatdan ortiq qidiruvdan so‘ng Karnataka shtatining Mangaluru shahri yaqinidagi daryodan topilgan. Uning qarindoshlari va do‘stlari bu Vi Dji Siddxatrxi jasadi ekanligini tasdiqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Siddxatrxi 29-iyulda kechasi yo‘qolgan. Tadbirkorning haydovchisi ular Mangaluru shahridagi Netravati daryosi ustidagi ko‘prikka kelganda Siddxartxa mashinani to‘xtatishni so‘ragan. U chiqib, haydovchiga daryoning narigi qirg‘og‘ida kutib turishni buyurgan. Haydovchi uni uzoq vaqt kutgan, ammo u kelmagan, telefoni esa o‘chirilgan bo‘lgan.
Uni qidirish politsiya va g‘avvoslar ishtirokida davom etgan. Uning jasadi erta tongda sohilga qalqib chiqqanda baliqchilar ko‘rib qolgan.
Xabarda aytilishicha, tadbirkor yo‘qolishidan biroz oldin o‘z xodimlariga “to‘g‘ri biznes modeli” yarata olmagani tufayli afsusda ekanligi yozilgan xat yuborgan.
“Men bor kuchimni ishga solganimga qarmay, to‘g‘ri biznes model tuza olmadim. Bu biznesga borimni bag‘ishlaganimni aytmoqchiman. Menga ishongan odamlarga pand berishdan afsusdaman. Uzoq vaqt davomida kurashdim, ammo bugun taslim bo‘ldim. Chunki menga bosim o‘tkazishlariga ortiq chiday olmasdim”, — deb yozilgan xatda.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u kreditorlar va soliqchilardan aksiyalarni o‘ziga foydasiz shartlarda sotib olishga majbur qilgan sheriklaridan birining bosimi ostida bo‘lgan. Xatning haqiqiyligi tekshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Cafe Coffee Day Hindistonda mashhur bo‘lib, bu yerda Amerikaning Starbucks qahvaxona tarmog‘iga raqobatchi hisoblanadi. Hindistonning 28 ta shtatida hamda Avstriya, Misr, Malayziya, Nepal, Chexiya va boshqa mamlakatlarda 1,5 mingdan ortiq filiallari bor.
Izoh (0)