Britaniya meteorologiya xizmati o‘tgan haftada havo harorati rekord darajada ko‘tarilganini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Kembrij Botanika bog‘ida 25-iyul kuni Selsiy bo‘yicha 38,7 daraja issiq qayd etildi. Bu Buyuk Britaniya kuzatuvlari tarixiga rasman kiritilgan eng yuqori harorat bo‘ldi”, — deyiladi xizmat xabarida.
Oldingi rekord 2003-yilda Kent grafligida kuzatilgan va 38,5 darajaga teng bo‘lgandi.
Izoh (0)