Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 83,46 so‘mga pastlab, 12 589,35 so‘m bo‘ldi;
- yevro 97,17 so‘mga tushib, 14 565,52 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,25 so‘mga pastlab, 157,64 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 672,81 so‘mni tashkil etgandi. O‘zbekistonda dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘m bo‘lgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida o‘zbekistonliklar tarixda ilk bor rekord qiymatdagi dollar sotib oldi. 2025-yil aprelida aholining banklarga dollar sotishi, may oyidan AQSH valyutasini sotib olishi rekord darajada orta boshladi. Iyun oyida tarixda birinchi marta fuqarolar banklardan 1 milliard dollardan ziyod (1,1 milliard dollar) xorijiy valyuta xarid qildi. Taqqoslash uchun, 2024-yil iyunida 697 million dollar sotib olingan.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori 2025-yil avgustda 48,74 milliard dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)