Afg‘onistonning Kobul shahrida vitse-prezidentlikka nomzod Amrulla Solih tomonidan boshqariluvchi Green Trend siyosiy harakati ofisiga hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi, 50 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi “TASS”.
Avvalroq hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani aytilgan edi.
Portlash xususiy universitet yaqinida sodir bo‘lgan, shundan so‘ng jangarilar o‘quv binosiga bostirib kirib, Green Trend ofisini o‘qqa tutgan. Ushbu vaziyatda Solih yaralangan.
Mamlakat IIVsi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 150 dan ortiq tinch aholi vakillari evakuatsiya qilingan.
Operatsiya davomida afg‘on qurolli kuchlari to‘rt nafar jangarini yo‘q qilgan.
Izoh (0)