28-iyul kuni Rossiyada harbiy dengiz floti kuni nishonlandi. Shu munosabat bilan Rossiyaning “Shimoliy poytaxti”da harbiy dengiz flotining tantanali paradi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Sputnik.
Paradda Rossiya prezidenti Vladimir Putin nutq so‘zlab, harbiy xizmatchilarni tabrikladi. Prezident o‘z nutqida Rossiya o‘zining takrorlanmas tarkibdagi dengiz flotini qurishi va ushbu flot dunyoning istalgan nuqtasida mamlakat manfaatlarini himoya qilishga qurbi yetishiga ishonch bildirdi.
Shundan so‘ng 4000 nafar dengizchi bosh qo‘mondon oldidan tantanali saf tortib o‘tdi. Harbiy paradning suvda bo‘lib o‘tgan qismida 40 ta harbiy kema va 41 ta harbiy havo kemasi ishtirok etdi.
Izoh (0)