Nigeriya shimoli-sharqida “Boko haram” jangarilarining hujumi oqibatida 65 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, jangarilar mototsikllarda Borno shtatidagi qishloqlardan biriga kelgan va dafn marosimidan qaytayotgan odamlarga qarata o‘t ochgan.
Hodisada tinch aholi vakillaridan yana kamida 10 nafari jiddiy jarohat olgani aytilmoqda.
Izoh (0)