Buyuk Britaniya Bahraynga qo‘shimcha harbiylarni jo‘natish niyatida, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, shu orqali mamlakat Britaniyaga tegishli Stena Impero tankerining qo‘lga olinishi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng Fors ko‘rfazidagi kemalarni himoya qilmoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniya “Eron bilan ziddiyat sabab Fors ko‘rfazidan o‘tayotgan kemalarni himoya qilish uchun” ushbu hududdagi harbiylar sonini oshirish niyatida.
Eron 19-iyul kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Britaniyaning tankerini qo‘lga olgan edi. Bunga kema xalqaro normalarni buzganligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Izoh (0)