Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Kichiksoy” m.f.y., “Soyliq” qishlog‘ida mehmonxona tashkil etib, mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgan xonadonlar faoliyati o‘rganilganda, “Ko‘hnaqo‘rg‘on” ko‘chasida aksariyat xonadon egalari belgilangan tartibda Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan fuqarolarga xizmat ko‘rsatib kelayotganligi aniqlandi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy Telegram-kanali.
Departament xodimlarining tashabbusi bilan o‘z uyida mehmonxona tashkil etib, mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgan 50 nafar fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va ularga turizm departamenti tomonidan sertifikatlar berilib, 50 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi taminlandi.
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018-yildagi 850-son qaroriga muvofiq “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari”ga “Oilaviy mehmon uylarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish” faoliyati ham kiritilgan.
Izoh (0)