27-iyul kuni soat 11:10 atrofida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi 61 yoshli X.J. uyida o‘zaro janjal tufayli rafiqasi 58 yoshli D.X.ning tanasini turli joylariga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ayol kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.J. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)