AQShning Shimoliy Karolina shtatida 59 yoshli Eddi Grey ko‘lda cho‘milganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eddi ko‘lda cho‘milganida, bir hujayrali organizm — “miya yeydigan amyoba”ni yuqtirib olgan.
Ta’kidlanishicha, bu jonzotni iliq сhuchuk suvda uchratish mumkin. Ushbu turdagi amyoba infeksiyasi bilan zararlanish juda kam uchraydigan hol, ammo oqibati halokatli.
Shunisi ma’lumki, agar ushbu virus odamning burni orqali kirsa, oqibati fojiali yakun topishi mumkin.
Izoh (0)