Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi bolalar maydonchasida otishma yuz berdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida biri kishi — 38 yashar erkak halok bo‘lgan, 7 kishi yaralangan. Ulardan ayrimlarining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Noma’lum shaxs an’anaviy “Qariyalar kuni” nishonlanayotganda o‘q uzgan. Jinoyatchining quroli topilgan, biroq o‘zi hali qo‘lga olinmagan.
Izoh (0)