Magnitogorskda yashovchi shaxs “Missis World Russia — 2016” go‘zallik tanlovi g‘olibasini o‘ldirganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Chelyabinsk viloyati sudi qaroriga ko‘ra, aybdor shaxs 21 yilga og‘ir tartibdagi koloniyaga hukm qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “Missis World Russia” milliy go‘zallik tanlovi finalchisi Kseniya Tulenkova-Metsger 2018-yilning iyulida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Magnitogorsk shahrida shafqatsizlarcha o‘ldirilgan.
Izoh (0)