21-iyul kuni 16:34 da Toshkentning Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida “Poytaxt” biznes-markazining 10-qavatida joylashgan “Sitizen” mehmonxonasidagi xonalardan birida yong‘in yuz berdi, deb xabar qiladi “Nuz.uz” Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga tayanib.
Xonalardan birida Padiron rusumidagi konditsionerning tashqi bloki alanga olgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 16:36 da yetib kelgan. Ammo yong‘in mehmonxona xodimlari tomonidan o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar to‘xtatilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta o‘t o‘chirish texnikasi safarbar etilgan.
Yong‘inga elektr tarmoqning ortiqcha yuklanishi sabab bo‘lgani taxmin etilmoqda. Yetgan zarar miqdori aniqlashtirilmoqda. Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)