Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning vafoti haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq turli manbalar Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z ta’tili chog‘ida vafot etganini ma’lum qilgan edi.
Elchixona ushbu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.
“Bu mutlaqo yolg‘on”, — dedi muassasa vakili.
Izoh (0)