Arisda yashovchi 19 yoshli yigit Askar Adbixalik portlashlardan 80 nafar bolani qutqarib qolgan. “Nur.kz”ning xabar berishicha, u shaharda portlashlar boshlanib yong‘inlar yuzaga kelganda bolalarni bog‘chadan olib chiqqan.
Askar xavfli vaziyat bo‘lganiga qaramay, “Gazel” mashinasida bolalarni shahardan olib chiqib ketgan. Uning aytishicha, bolalar “Gazel”ga o‘tirganida mashina yaqiniga snaryad kelib tushgan. Hamma qo‘rqib ketgan.
U avval Chimkentga qarab yo‘l olgan. Lekin Aris aholisi shu tarafga qarab shaharni tark etgayotgani sababli tirbandlik yuzaga kelgan va yigit yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. “Men Chordara shahriga qarab yurishga qaror qildim. O‘shu kuni Aris bo‘ylab harakatlanish qiyin va xavfli edi”, — deydi Askar.
Izoh (0)