Avstraliyada bir necha turist ko‘zidan jarohat olgan manta skatiga yordam ko‘rsatdi, deb xabar beradi “1tv.ru”.
Videodan ko‘rish mumkinki, bir necha kishi “Dengiz iblisi” nomi bilan ataluvchi manta skatining oldiga suzib borgan. Skat jarohatlangan — ko‘zining oldiga baliqchilarning ilmog‘i kirib qolgan.
Turistlar yordam ko‘rsatguniga qadar skat joyidan qimirlamay turgan. Ilmoq olib tashlangach, u odamlarga minnatdorchilik bildirgandek, ancha muddat hech qayerga suzib ketmagan.
Izoh (0)