• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eron Isroilga qarshi, Isroil Yevropaga qarshi, AQSh Xitoyga qarshi, Xitoy esa dunyo bozorini egallamoqchi. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Nobel mukofoti sohiblari Eron haqida nima demoqda?

    Eron sanksiyalarining bekor qilinishini istayotgan bir paytda AQSh yadro Eron yadroviy qurol yaratmasligiga kafolat bo‘lishini istamoqda. Muzokaralar boshlash vaqti keldi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Prezident Hasan Ruhoniy Eron uranni “mamlakatga zarur bo‘lgan hajmda” boyita boshlashini e’lon qildi. Donald Tramp ma’muriyati bunga javoban, “maksimal bosim” siyosatini davom ettirajagini bildirdi.

    “Hayotini tinchlik va murosaga bag‘ishlagan AQSh va Eron vatandoshlari sifatida biz davlatlarimiz o‘rtasida keskinlik kuchayganidan xavotirdamiz”, – deb bayonot berdi ikki nafar amerikalik va eronlik Nobel mukofoti sovrindori.

    Bayonotda aytilishicha, Vashington va Tehron darhol barcha choralarni qo‘llab, boshqa yadro kelishuvi qatnashchilari yordamida vaziyatni barqarorlashtirishi hamda tomonlarni qoniqtiradigan muzokaralar shartini belgalib beradigan uchrashuvlarni boshlashi lozim.

    3-iyul sanasida prezident Ruhoniy “Bizning barcha harakatlarimiz bir soat ichida bekor qilinishi mumkin”, deb ham aytdi. Bu esa Eron hukumati muzokaralarga rozi ekanini bildirmoqda. Bu bayonot muzokaralarni boshlash uchun o‘ta favqulodda imkoniyat hozirladi. AQSh hukumati muzokaralarni boshlash uchun bayonot bilan chiqishi kerak. Kuchli bosim o‘tkazish siyosati Eronning Iroq, Yaman va Suriyada yanada qaltisroq siyosat yurgazishiga olib kelishi mumkin.

    Yakshanba kuni yadroviy bitimning boshqa qatnashchilari – Xitoy, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Buyuk Britaniya AQSh tomonidan bekor qilingan yadroviy bitimni himoya qilishi uchun Eron belgilagan 60 kunlik muddat nihoyasiga yetdi. Eron esa ayni vaziyatda yangi talablarni olg‘a surishdan chekinmaydi.

    AQSh bilan o‘tkir nizo Eronning ichki siyosatida xoinlik va terrorchilikda ayblanayotgan huquq himoyachilariga nisbatan keskin choralar kuchaytirilishiga olib keladi.

    Tehron allaqachon advokat hamda huquq faoli Nasrin Sotudeni 148 darra va 38,5 yil qamoq jazosiga hukm qilib bo‘ldi. “Huquq himoyachilari” markazi rahbari Nargis Muhammadiy faoliyati uchun 21 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oldi. Bu faollar inson huquqlari ta’minlanishini talab qilgani uchun jazolandi.

    Harbiy qarama-qarshilik natijasida ozodlik va demokratiya uchun kurashchilargina xavf ostida qolmayapti, aksincha, AQSh qo‘llayotgan sanksiyalar Eron iqtisodiyotini izdan chiqarib, zaiflashtirmoqda ham.

    Eronda narx-navo oshishi alaloqibat aholi turmush darajasi pasayishiga, Eron riyoli 60 foizgacha qadrsizlanishiga, ishsizlikka va turmush sharoiti og‘irlashuviga olib kelmoqda. Oqibatda eronliklar dastlabki tibbiy vositalarni xarid qilishga, go‘sht, sabzavot mahsulotlarini sotib olishga qiynalmoqda. Bu esa korrupsiya botqog‘iga botgan Ruhoniy hukumati atrofidagilarning ham korrupsiyaga moyilligini oshirmoqda.

    Amerikaliklarning tinchlik yuzasidan xavotiri ham yuqori. Eron ko‘p yillardan beri AQShga qarshi kurash uchun zazira to‘plab, tayyorlanib keladi. Rasmiy Tehron qo‘l ostida zamonaviy qurol va raketalar mavjud. Mabodo urush chiqqudek bo‘lsa, bu eng avvalo Yaqin Sharqdagi qashshoqlar, ayollar va bolalar hayotiga katta xavf tug‘diradi.

    Ayni paytda Tehron va Vashington uchun bir bitimga kelish vaqti yetib keldi va uning imzolanishi aholi manfaatlariga xizmat qiladi, deydi 2003-yilda Nobel mukofoti sovrindoriga aylangan Shirin Abadiy va amerikalik Nobel sohibi Jodi Uilyams.

    Bremenda mag‘lub bo‘lgan GSDP hokimiyatda qolmoqda

    Foto: AP

    Foto: AP

    Bremenda may oxirida qonun chiqaruvchi organ – Byurgershaftga saylovlar bo‘lib o‘tdi. GFRning federal o‘lkalaridan biri bo‘lgan bu shimoliy shahar “so‘nggi qizil istehkom” maqomiga ega. Ammo o‘tgan saylovda 73 yil mobaynida boshqaruvda bo‘lgan GSDP mag‘lubiyatga uchradi. Saylov g‘olibi bo‘lgan XDS esa hech vaqosiz qoldi. Mag‘lubiyatga uchragan sotsial-demokratlar rahbarlikni yana davom ettiradi. Bunga sabab “yashillar” “qora-sariq-zangor” “Yamayka” ittifoqini tuzishdan bosh tortganidir. Bremenda tuzilgan boshqaruvchi ittifoq, Berlindagi kabi, “qizil-qizil-yashillar” bo‘ldi. Bu GSDP, so‘llar va yashillarning Bremenni boshqarish uchun tuzgan ilk ittifoqiga aylandi.

    Saylovda sotsial-demokratlar 24,9 foiz, yashillar 17,4 foiz, so‘llar 11,3 foiz ovoz to‘pladi. “Qizillar” va “yashillar” 140 sahifadan iborat ittifoq bitimi ham tuzdi. Keyingi to‘rt yil mobaynida ular iqlim himoyasini kuchaytirish, jamoat transportini rivojlantirish, 2030-yilgacha Bremenni avtomobil transportidan xalos qilish vazifalarini rejalashtirishgan. Bremendagi uch ko‘mir elektr stansiyasi 2023-yilda ish faoliyatini to‘xtatishi kerak. Ammo bu qimmatbaho loyihalarni moliyalashtirish ittifoq bitimida ko‘rsatilmagan. Bremen so‘nggi o‘n yilliklar davomida aholi jon boshiga hisoblaganda Germaniyadagi eng qarzdor bo‘lib qolayotgan o‘lka hisoblanadi.

    Bremenning yangi hokimi va “qizil-qizil-yashil” senatning birinchi rahbari SDPning Byurgershaftdagi fraksiyasi raisi Andreas Bovenshulte bo‘ladi. U GSDP bo‘yicha safdoshi va saylovda yutqazgani uchun ketishga majbur bo‘layotgan Karsten Zilingning o‘rnini egallaydi. Bovenshulte va boshqa vazirlar nomzodlari uchun ovoz berish Bremen yerining oliy qonun chiqaruvchi organi avgust oyida ovoz berishi mumkin.

    Yevropa Ittifoqi Isroil tanqidi ostida

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Albert Eynshteyn “har qanday ahmoq bilishi mumkin, ammo haqiqiy donishmandlik tushunishdadir” degan edi. Har qanday aqli noqis – Eron yadro quroli borasidagi dasturini to‘xtatmasligini bilishi mumkin. Lekin Isroildagi ko‘pchilik, shu jumladan, bosh vazir Netanyaxu aslida vaziyat shunday tus olayotganini tushundi. Buni AQSh prezidenti Donald Tramp ham tushunib, 2015-yilda erishilgan yadroviy bitimni bekor qildi va Eronga qarshi sanksiyalarni tikladi. Tramp bu bilan oyatullo rejimini uzoq muddatli, majburlovchi va qat’iyroq yangi bitim tuzish uchun muzokaralar stoliga qaytarishiga umid qilgan edi.

    Bu orada Yevropa Ittifoqi va unda ustunlik qiladigan davlatlar – Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya sodir bo‘layotgan voqealarni tushunishdan bosh tortdi yoki tushunishni istamadi. Hattoki Eron shu kunlarda yadro bitimini qo‘pol tarzda buzishini e’lon qilganida ham Tehronning xatti-harakatini kulgili shaklda tanqid qilish bilan cheklandi. Ular Eron bayonotidan “tashvishlanayotganini” bildirdi va “MAGATEning tegishli qarorini” kutishga qaror qildi; ular Eronni “bitimni buzadigan harakatlardan voz kechishga” chaqirdi. Bu go‘yoki Erondagi oyatullo rejimi yosh bola-yu, barmoq bilan po‘pisa qilinsa, intizomga kelib qoladigandek taassurot uyg‘otdi.

    Eron bilan sodir bo‘layotgan ziddiyatlarda yevropaliklar o‘zlarining barcha salbiy jihatlari: qo‘rqoqlik, zaiflik, prinsiplarning yo‘qligini va, qanchalik qimmatga tushmasin, Eron bilan yarashishga tayyor ekanliklarini namoyon qildi.  Yana bir qiziq holat shundaki, Yevropa Ittifoqining xavfsizlik va tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini o‘rnini “Eron Isroilni yo‘q qilishni istaydi. Bu yangilik emas. Biz bu bilan yashashimizga to‘g‘ri keladi”, deb bayonot bergan sobiq Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borrel egallaydi.

    Borrelning (demak, Yevropa Ittifoqining ham) fikricha, Eron Isroilni yo‘qotishga urinishi hech narsa emas va bunga toqat qilish mumkin.

    Bu aslida Yevropa Ittifoqining Eronga nisbatan siyosati mohiyatini ko‘rsatadi – iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish uchun taslim bo‘lish. Yevropaliklarning xalqaro bitimlarga rioya qilish zarurligi borasidagi barcha gaplari yolg‘on. Yevropaliklar 2015-yilgi yadro bitimi oyatullo rejimiga vaqtdan yutish uchungina kerakligini Obama ma’muriyati singari avval boshidanoq bilgan. Ustiga ustak, Yevropa diplomatiyasi o‘zining taslimchilik siyosati bilan faxrlanib qo‘yadi.

    Bu voqealar Isroil uchun muhim saboq bo‘lishi lozim. Ayniqsa Yevropa Ittifoqi “ikki davlatchilik” formulasini qabul qildirish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga uringanda bu o‘ta muhim. Yevropaliklar uchun Eron Isroilni yo‘q qilishga chaqirig‘i singari falastinliklar ham yahudiy davlatini yo‘q qilishni istashi oddiy holdir. Yevropa bunday hayot tarzi bilan yashashga toqat qilar, isroilliklar emas.

    AQSh Isroilni Xitoy bilan bitimlardan ogohlantirdi

    Foto: AP

    Foto: AP

    Xitoyning jahon tartiblaridan ustunlik qilishga urinishi va qoshnilarini qo‘rqitishga asoslangan siyosati “AQSh milliy xavfsizligi uchun uzoq muddatli xatardir”, deb ta’kidladi AQSh mudofaa vazirining siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Jon Rud.

    AQSh ma’muriyati Isroilni Xitoyning 5G uyali aloqa texnologiyasini joriy qilishi bilan bog‘liq xavfsizlikka tahdiddan ogohlantirdi.

    Mudofaa vazirligining eng yuqori mansabdorlaridan biri bo‘lgan Jon Rud Gersliyadagi konferensiyada qatnashish uchun Isroilga tashrif buyurgan edi. U Isroilning oliy mansabdorlari bilan uchrashuvda Xitoy bilam bitimlar bo‘yicha ogohlantirish berishi uchrashuvlarning markaziy mavzusi bo‘ldi.

    “Xitoyning da’volari shundaki, u dunyo yetakchisi bo‘lmoqchi, biz bundan qo‘rqmaymiz. Bizni tashvishlantirayotgan narsa AQSh bilan Isroil inson erkinligi, erkin savdo, g‘oyalarning erkin harakatlanishi, boshqalarning suverenitetini hurmat qilish, aqliy mulk, innovatsiyalar borasida bir xil qarash va qadriyatlarga ega. Xitoy esa bu qadriyatlar foyda keltiradigan tartibga xavf tug‘dirmoqda”, – dedi mulozim.

    “Biz Xitoy harbiy qudrati o‘sayotganini biroz tashvish bilan kuzatib turibmiz. Xitoy okeanlardagi bir qator hududlarga ko‘z tikib, qo‘shnilarini qo‘rqitmoqchi bo‘lyapti”, – so‘zida davom etdi u.

    “Biz Isroildan Xitoy bilan savdo bitimlari tuzishdan bosh tortishini so‘ramaymiz, mamlakatlar o‘rtasida albatta savdo munosabatlari bo‘ladi. Bizning muammoimiz Xitoy dunyoning turli burchaklarida yirtqichlarcha iqtisodiy faoliyat yuritayotgani, uning harakatlari chin iqtisodiy foyda keltiradigan savdo emasligi va Xitoy xavfsizlik kuchlari iqtisodiy aloqalardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanayotganidadir. Xitoyda davlat va xususiy sektor o‘rtasida qalin aloqa mavjud. Xitoy telekommunikatsiya va portlarda savdo yuritmoqda, ularning ortidan esa xavfsizlik xizmatlari diqqat bilan kuzatmoqda. Xitoy xorij davlatlariga sarmoya kiritayotgani va bu sarmoya olayotgan davlatlar uchun baxtli hodisa bo‘lmayotganini ko‘rib turibmiz”, – deb qayd etdi Rud janoblari.

    Rud Isroildagi elita bilan uchrashuvda qanday yo‘l tutishga kelishib olingani tafsilotlariga to‘xtalishdan bosh tortdi. Ammo uchrashuvda aniq masalalalar haqida fikr almashilgani, Isroil tarafi AQShning xavotirlarini diqqat bilan tinglaganiga urg‘u berildi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    13.07.2019, 09:18   Izoh (0)   48991
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Somalidagi mehmonxonada bomba portlashi oqibatida o‘ndan ziyod odam halok bo‘ldi

    13.07.2019, 08:01

    Tuvada daryoni mashinada kechib o‘tishga urinish 10 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

    12.07.2019, 15:23

    AQSh Tinch okeanida 7 tonna kokain ortilgan kemani qo‘lga oldi (video)

    12.07.2019, 14:17

    Donald Tramp kriptovalyutani keskin tanqid qildi

    12.07.2019, 12:35

    Moskvada miyasining yarmi yo‘q bemor aniqlandi

    12.07.2019, 10:51

    Sudanda amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishdan uch oy o‘tib, yangi qo‘zg‘alon boshlandi

    12.07.2019, 10:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    Sport | 25 may, 12:39

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.