O‘zbekiston 2019-yilda gaz eksporti hajmini o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga oshirishi to‘g‘risida “O‘zbekneftgaz” AJ ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.
“Bu yil bizning 15 milliard kub gaz hajmini eksport qilishga shartnomamiz bor”,— dedi “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yil 13 milliard kub metr o‘zbek gazi eksport qilingan. Shunday qilib, gaz yetkazib berish 15 foizga oshadi.
Sidiqovning aytishicha, Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi qariyb 10 milliard kub metrni, Rossiyaga — 4 milliard kub metrni tashkil etadi, qolgan qismi esa qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
“Resurslar mavjud bo‘lsa, yetkazib berishni oshirish bo‘yicha hamkorlarimiz bilan suhbatlashish imkoniga egamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)